Pastqamlik

Pastqamlik – dasht, o`rmonli dasht zonalarida suffoziya, tuproq hosil qilish jarayonida vujudga kelgan sayoz, tagi tekis past yerlar. Ko`pincha doira, cho`ziq doira shaklida bo`ladi. Chuqurligi bir necha metrgacha yetishi mumkin. Atrofdagi dasht yerlardan pastroq bo`lgandan qayin, tog`terak, bo`talar ko`proq o`sadi, ba’zan sizot suvlar chiqib, sho`rxoklarga aylanadi.