Patrisiylar
Patrisiylar (patricii, lot. Pater — otadan) — qad. Rimdagi urug’Zoda- gonlari. Dastlab P. deb urug’tashkilo- tiga kirgan va plebeylarta karshi tur- gan Rimning barcha tub aholisi atalgan bo’lsa kerak. An’anaga ko’ra, P. Dastlab 100, so’ngra 300 ota urug’ini jamlab, Rim xalkini (Populus Romanus Quiritium) tashkil etishgan. Mil. AV. 6-a. oxiridan, sinfiy tabakalanish va davlat shaklla- nayotgan davrda P. Rim Respublikasining hukmron tabakasiga aylangan. Ular bar- cha fuqaro va siyo-siy hukuklarga, xusu- san, oliy magis-traturani almashtirish hukuqiga ega bo’lishgan. Bu imtiyozlar P. b-n plebeylar o’rtasidagi kurashga sa- bab bo’lgan, u mil. AV. 5-a. boshidan mil. AV. 3-a. boshigacha davom etgan. Bu kurash jarayo-nida Rim Respublikasi davlat tizi-mi tuzilgan, plebeylar Populus Romanus tarkibiga kiritilganlar va barcha huquklarda P. b-n tenglashganlar. Mil. AV. 3-a. boshida P. va plebeylar rahbarlari o’zaro birikib nobilitetni tashkil etishgan. P.dan bo’lgan nobillar orasida Valeriylar, Klavdiylar, Korne- liylar, Fabiylar, Emiliylar, Yuliylar va b. urug’vakillari kad. Rimning siyo- siy xdyotida alohida rol o’ynashgan. Im- periya davrida yangi patrisiat vujudga kelib, ular senatorlar tabaqasining im- tiyozli qismidan iborat edi; unga impe- ratorlar tomonidan Italiya va provin- tsiyalardan chiqkan shaxslar kiritilgan.