Paxsa

Paxsa — loy devor yoki uning qavati. O’rta Osiyo me’morligida qadimdan ma’- lum. Qadimda ba’zi shaharlarning de- vorlari, qal’a qo’rg’onlari P.dan ish- langan. Ular mudofaa ahamiyatiga ega bo’lganligi sababli juda mustahkam qurilgan. Shahar devorlarining ikki chekkasi P.dan ko’tarilib, o’rtasi tuproq b-n to’ldirilgan (teshik qal’a, Qo’yqirilgan qal’a, tuproq qal’a va b.). Dastlab P. qamish yoki yog’och poydevor (tirnoq) ustiga urilgan. Hozir P. devor- lar beton, pishiq g’isht yoki tosh poydevor ustiga qo’yiladi. P. uchun tuproq poyde- vor atrofidan olinishi yoki boshqa joy- dan keltirilishi ham mumkin. Odatda, soz tuproqqa suv urilib, loy qoriladi. Loy tepkilab (ba’zan ot b-n bostirilib) pishitiladi. Ketmon yoki bel b-n ikki-uch marta agdarib pishitib me’yoriga etka- ziladi. Loykash pishitilgan loyni Max- sus bel—kapcha b-n kesib, peshmon (usta) ga otadi. Peshmon loyni ilib olib kuch b-n bo’lajak devor o’rniga urib boradi. Oddiy imo-rat qurishda bir P.ning bal. 60 sm dan 1 m gacha, qalinligi 40-60 sm bo’ladi. Devor selgigach, usta tarash kap- cha (yassi bel) b-n devor yuzasini tekis- laydi, gultarash b-n unga pardoz beradi, ba’zan naqshlar ham o’yadi. 1-P. ma’lum da-rajada qurigach, peshmon uning usti- ga chiqib, 2qavat P.ni ura boshlaydi. Shu tariqa devor 3-4 (ayrim hollarda 5— 6) P.dan iborat bo’lgan. O’rta Osiyoda xususiy uylar qurishda P.dan hozir ham foydalanilmoqda.