PAXTA TERISH MASHINALARI

PAXTA TERISH MASHINALARI -ochilgan paxtani terish uchun mo’ljallangan q.x. mashinalari. Ishlash usuliga ko’ra, pnevmatik, mexanik, pnev- mo-mexanik va elektromexanik turlar- ga bo’linadi. Pnevmatik P.t.m.da paxta havo oqimi yordamida teriladi. Ular vakuumli, ejektor-shlangli, so’ruvchi va haydovchi-so’ruvchi mashinalarga bo’linadi. Bu mashinalarning ish organ- lari turli soplo (so’rgich) va uchliklar- dan iborat bo’ladi. Mexanik P.t.m. da paxta mexanik qurilma yordamida teri- ladi. Bular ish organlarining turiga qarab, shpindelli, ignalar o’rnatilgan lentali (kardali), ilmokli, diskli bo’ladi. Mexanik (asosan, shpindelli) P.t.m. g’o’za tuplariga terim jarayonida butun hajm bo’ylab yoki tuplarni shak- lga keltirib yon tomonlaridan qisgan holda tekis ishlov beruvchi turlariga ajraladi. Amalda shpindelli P.t.m. keng tarqalgan. Ular gorizontal va ver- tikal shpindelli xillarga bo’linadi. Gorizontal va vertikal shpindelli P.t.m.ning asosiy qismi — paxta terish apparati. U shpindellar barabanlari, ajratkichlar, shpindellar barabanlari- ni aylantirish mexanizmi, reduktorlar, tup ko’targichlar, kabul kameralaridan iborat. Hozirgi zamon P.t.m.da terim AP- paratlari dala relefini takrorlovchi moslamalar b-n jihozlangan. Gorizontal shpindelli P.t. m.da shpindellar g’o’za tuplari orasiga yon tomondan gorizontal holatda kiradi va o’qi atrofida ayla- nib, ochilgan paxtani o’ziga o’rab chiqadi hamda baraban b-n birga aylanib, ajrat- kich tomonga harakat qiladi. Disksimon botiqqavariq shaklli ajratkichlar ay- lanma hara-kat qilib, shpindel yuzasi- dan paxtani sidirib, qabul kamerasida yo’nal-tiradi, u erdan esa yig’ilgan paxta ejeksiya (so’rish) hisobiga havo yordamida bunkerga yuboriladi. Vertikal shpin- Delli P.t.m.da shpindellar bara-banga yoki zanjirga o’rnatiladi. G’o’za tuplari 2 baraban orasidan qisilib o’tadi. Ba- rabandagi shpindellar o’z o’qi atrofida va baraban b-n birga aylanib, paxtani o’rab oladi. Shpindelga o’ralgan paxtani ajratib olish va uni kabul kamerasiga tashlash vazifasini ajratkich o’taydi. Shpindelning teskariga aylanishi va qilli cho’tkalardan tuzilgan aylanib turuvchi ajratkich b-n tozalanishi nati- jasida ajratkichdan kelgan paxta kabul kamerasiga uza-tiladi va qabul kamera- sida yig’iladi. U erdan ventilyator pax- tani so’rib, bunkerga uzatadi. Bunker paxtaga to’lgach, mexanizator uni traktor tir-kamalargato’kadi. Pnevmomexanik P.t.m.da paxta havo va mexanik moslama yordamida teriladi. Elektromexanik ma- shinalarda paxta elektr maydoni yorda- mida teriladi. P.t.m. dastlab 1850 y. AQSh da yara- tildi. O’zbekistonda birinchi pnevma- tik P.t.m. 1929 y. ixtiro etilgan. Le- kin u amalda uncha ish bermadi. 1933 y. STZ traktoriga o’rnatiladigan ejektor- shlangli mashina ixtiro qilindi. Bu ma- shinada 15 ta havo so’ruvchi shlang bo’lib, har qaysi shlangni bir terimchi ushlab, ochilgan paxtani unga ro’para qilardi. Paxta havo yordamida so’rilib, maxsus idishga to’planardi. Uning ish unum- dorligi juda past edi. Shuning uchun bu mashina amalda qo’llanmadi. O’sha yili birinchi gorizontal shpindelli mashina yaratildi. U 2 barabanli (1 katorli), ker- tik shpindelli bo’lib, traktorga tirkab ishlatilgan. Uning ham ish unumdorligi past bo’lgan. 1935 y. «Universal-1» trak- toriga o’rnatiladigan 1 barabanli, gorizontal shpindelli mashina yaratildi. Bu mashina paxtaning 40% ini terib, 15% ini to’kar, ish unum- dorligi past edi. 1936 y. 2 qatorli, gori- zontal shpindelli mashina ishlab chika- rildi. Uning ish apparati 4 ta baraban- dan iborat bo’lib, har bir ba-rabanga 352 ta konus shpindel o’rna-tilgan; mashina paxtani g’o’za tupining Toshkent q.x. ma- shinasozligi z-dida 1937 y. Birinchi pnevmatik mashina ishlab chiqarilgan. Mashinada bir necha so’rish tuynuklari bo’lib, paxtani havo yordamida so’rib te- rardi. 1938 y. ixtirochi L. M. Rozenblyum vertikal shpindelli P.t.m. ixtiro etdi. Uning ish apparati o’ziyurar shassiga o’rnatilib, har biri 32 shpindelli ikki- ta baraban va to’rtta cho’tkali ajratkich- dan iborat edi. Mashina paxtaning 54— 65% ini terib, 8-15% ini to’kardi. Mashina birmuncha takomillashtirilgach, terilgan paxta 80, 8%, to’kilgani 16,5% bo’ldi. Asosiy nuqsoni terilgan pax- taning shpin-deldan qiyin ajralishi hamda cho’tkali barabanga o’ralib qolishi edi. 1941 y.da XVSH-4B markali 4 ba- rabanli P.t.m. yaratildi. Mashina bir yurishda har tup g’o’zadagi paxtani 2 Mar- ta terardi; bunda terilgan paxta 75%, to’kilgani 8% edi. 1945 y.da XVSHU markali o’ziyurar mashina yaratildi. Bu mashina 2 barabanli apparat va o’ziyurar shassidan iborat bo’lib, uning shpindel- lari fakat bir tomonga aylanardi. 1946 i. da diametri 16 mm li 42 shpindelli, P.t.m. xo’jalik sinovidan o’tkazildi. 1947 y. konstruktor M. N. Markov bosh- chiligida SXM-47 va 1948 y. SXM-48 rusumli P.t.m. ishlab chiqarildi. SXM- 48 rusumli P.t.m., asosan, ish apparati, rama, 2 ventilyator, harakat uzatish me- xanizmi, apparatni ko’tarish-tushirish mexanizmi, tup ko’targich, obtekatel, bunker va traktordan iborat edi. Mashi- naning barcha mexanizmlari traktorning quvvat olish validan harakatla-nardi. 1958-68 y.larda 2 qatorli XT-1,2 ru- sumli, 1966 y.dan 2 qatorli 17XV-1,8 rusumli keng (90 sm) qatorli, 1968 y.dan T-28X-4 traktoriga o’rnatiladigan 4 qatorli 14XV-2,4 A («Uzbekistan») ru- sumli va 1972 y.dan MTZ-50X traktoriga o’rnatiladigan 4 qatorli xn-3,6 marka- li, 1974 y.dan 6 qatorli XV-5,4 rusumli P.t. m. ishlab chiqarila boshladi. Bu mashinalar, asosan, terish appa-ra- ti, harakat uzatuvchi reduktor, ventilya- tor, suv nasosi, bunker, havo trubalari, boshkarish tizimi va Ramadan, terish AP- parata esa rama, shpindelli ba-rabanlar, ajratkich barabanlar, shpindellarni aylantiruvchi uzatma, qabul kamerasi, ish tirqishini sozlovchi mexanizm, tup ko’targich, reduktor, qo’shuvchi mufta, saklovchi moslamalardan iborat edi. 1976 y.dan boshlab ishlab chiqarilgan barcha turdagi P.t.m. ish unumdorligi- ni 18-20% ga oshiruvchi, yangi vintli garkibiy shpindellar (kvadrat kesimli mustahkam o’zakka biriktirilgan vintli prujinasimon ilashtaruvchi element- dan tuzilgan) b-n jihozlana boshladi. «O’zbekiston» rusumli 4 katorli mashina T-28X-4 rusumli traktorga urnatilgan. Bu mashinaning 2 varianta: 12 shpindel- li va 15 shpindelli barabanlar urnatil- gan terish apparatli xillari ishlab chi- karildi. Mashinada 4 ta terish apparata ikki yon tomonga 2 tadan o’rna-tilgan. Uni 60 sm va 90 sm kagor oralarida yurish- ga rostlash mumkin. Har bir qatorning paxtasi ikki qayta terilardi. Mashi- na, asosan, rama, terish apparatlari, harakatni taqsimlash reduktori, bunker, ventilyatorlar va boshkarish ti-zimidan iborat edi. Shuningdek, shpindellarni yuvish va Bakka suv kuyish, mashinani moylash tizimi b-n uskunalangan. Barcha markadagi P.t.m. bir-biridan terish AP- paratlari va barabanlari, asosan, ayrim qismlarining tuzilishi, shpindellari- ning soni b-n farkdanadi. P.t.m., asosan, AQSh va O’zbekistonda ishlab chiqariladi. AQShda gorizon – tal shpindelli, O’zbekistonda ver- tikal shpindelli mashinalar ishlab chiqarilardi. 20-a. 70-80-y.larida ingich-ka tolali, urug’lik paxtalar uchun XVN, Xva, XVB turkumdagi P.t.m. hamda 1977 y.dan esa pnevmopodborshik va to- zalagich b-n jihozlangan MTZ-80 trakto- ri asosida XNP-1,8 mashinalari ishlab chiqildi. 1992-94 y. esa g’o’za tupiga ko’p marta ishlov beruvchi yangi turdagi te- Rim apparatlari b-n jixrzlangan XS-25 rusumli P.t.m. xo’jaliklarda ishlatila boshladi. 20-a. 90-y.lari o’rtalarigacha O’zbekistonda, asosan, vertikal shpin- Delli mashinalardan foydalanilgan. Keyingi yillarda O’zbekiston paxta may- donlarida Amerikada ishlab chiqarilgan gorizon-tal shpindelli P.t.m. ham paydo bo’ldi. «O’zqishloqxo’jalikmashxolding» kompaniyasi (Toshkent) krshida 1997 y.dan boshlab «O’zKeysmash» qo’shma kor- xonasi tashkil etilib, paxtakorlarga «Case20022 Cotton Express» rusumli 2 qatorli P.t.m.ni etkazib bera boshladi. BMKB — Agromash AK-tsiyadorlik jami- yati b-n birgalikda «Toshqishloqmash» aktsiyadorlik jamiyati XMG-04, XMG-12 rusumli 2 qatorli, gorizontal shpin- Delli P.t.m.ni ishlab chikaradi. Ular 90 va 60 sm li paykallarda paxtaning o’rtacha va ingichka tolali navlarini te- rishga mo’ljallangan. «2022 Kotton Eks- press» rusumli mashina esa 2 katorli, gorizontal shpindelli, o’ziyurar mashi- na bo’lib, 90 va 100 sm li paykallarda paxtaning o’rtacha navlarini terishga mo’ljallangan. O’zbekistonda P.t.m.ni yaratish va ularni takomillashtirishga doyr na-zariy va amaliy ishlar, asosan, O’zbekiston FA Mexanika va inshoot- larning seysmik mustahkamligi in-tida olib boriladi. P.t.m. yaratish va ularni takomillashtirish ishlari O’zbekistonda H. H. Usmonxo’jaev, O. V. Lebedev, A. D. Glushchenko, M. V. Sablikov, D. M. Shpo- lyanskiy , o. A. Karimov, A. S. Sadrid- dinov, R. D. Matchonov, M. T. Toshbolta- eV va b. olimlar, g. I. Volkov, L. M. Rozenblyum, M. N. Markov va b. konst- ruktorlar nomlari b-n bog’liq. Anvar Rizaev.