Pedagogika

Pedagogika (Yun. paidagogike) — tarbiya, ta’lim hamda ma’lumot berish- ning nazariy va amaliy jihatlarini o’rganuvchi fanlar majmuasi. Ped. in- stitutlari va ayrim boshqa o’quv yurt- larida mutaxassislik dasturi asosida o’rganiladigan o’quv predmeti ham P. deb yuritiladi. P. fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari b-n shug’ullangan. Zamonaviy P. bolalar b-n birgalikda kattalarning ham o’quv-tar- biyaviy, madaniy hamda ma’naviyma’ri- fiy tarbiyasi b-n shugullanishni ko’zda tutadi. O’zbekiston Respublika-sida P. ga barkamol shaxs ma’naviyatini shak- llantirishning asosiy vositasi sifati- da yondashiladi. P. tarbiya jarayonining qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish me- xanizmlarini tadqiq etadi, tarbiyaviy va o’quv ishlarining mazmuni, tamoyil- lari, ularni tashkil etish shakl, usul hamda yo’sinlarini belgilab be-radi. Shaxsni tarbiyalash, o’qitish va shak- llantirish P.ning asosiy funktsiyasi hisoblanadi. Shaxsni tarbiyalash P.dagi asosiy tushuncha sanalib, oila va jami- yatning barkamol shaxsni shakllantirish- ga yo’naltirilgan birgalikdagi faoliya- tini anglatadi. Tarbiya yordamida inson shaxsining ma’naviy jihatlarini qaror toptirish ko’zda tutiladi. Dunyoqarash, e’tiqod, ezgulik, go’zallik, yaxshilik, adolatga doyr qarash va ko’nikmalarning shaxs sifa-tiga aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga oshiriladi. In- sonlar ora-sida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat ko’rsatish uchun za- rur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar yig’indi-sini o’zlashtirishga qaratilgan faoliyat o’qitish tushunchasini ifoda etadi. O’qitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar b-n ta’minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotni olish imkoniga ega bo’ladi. Tarbiyalash va o’qitish natijasida odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxe tarbiyalash va o’qitish orqali o’zida ol- din bo’lmagan ma’naviy-intellektual sifatlarga ega bo’ladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va uning rivojlanishiga omil bo’ladi. Inson va uni shakllantirishga doyr fan sifatida P. falsafa, etika, este- tika, Madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, demogra- fiya, tarix, adabiyot, tibbiyot, mat. Va b. fanlar b-n uzviy bog’liq. P. fani va amaliyoti taraqqiyotida bu fanlarning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash, taxlil qilish hamda umumlashtirish usullari- dan foydalanadi. P.da ta’lim va tarbiya jarayonlari- ning qaysi jihatlarini o’rganishdan kelib chiqadigan bir qancha soha va bo’limlar mavjud. O’qitishning maqsa- Di, vazifalari, tamoyillari, usullari b-n shug’ullanadigan sohasi didak-tika- dir. Shaxsning axloqiy sifatlarini tar- kib toptirish, unda e’tiqod, dunyoqarash, axloq singari ma’naviy jihatlarni shakllantirish masalalarini P.ning tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmog’i o’z ichiga oladi. Ta’lim-tarbiyani tash- kil etish, uyushtirish va uni boshqarish singari tashkiliy-pe-dagogik ishlar qonuniyati P.ning MAK-tabshunoslik sohasi tomonidan ishlab chiqiladi. P. xamisha muayyan yoshdagi, ma’lum hayotiy va akliy tajribaga ega bo’lgan kishilar b-n ish ko’radi. Shuning uchun ham P.ning qonuniyatlarini belgilashda ta’lim- tarbiya oluvchining yosh xususiyatlarini hisobga olish hal qiluvchi axamiyatga ega bo’ladi. Shu sababli P. oila ped.si, maktabgacha ta’lim ped.si, maktab ped.si, kasb-hunar ta’limi ped.si, oliy ta’lim ped.si, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’limi ped.si kabi qismlarga bo’linadi va umumlashti- rilgan holda yosh ped.si deb ataladi. Ayrim o’quv fanlarini o’qitish qonuniyatlari va usullarini o’rgatuvchi metodika (tadris) fanlari ham P.ning sohalari hisoblanadi. Bularga nisbatan didaktika umumiy metodika hisoblanadi va har bir alohida predmeti metodikasi xususiy didaktika sanaladi. Ammo bu xil chegaralanish anchagina shartlidir. Chunonchi, adabiyot o’qitish metodikasi didaktikaga nisbatan xususiy Didakti- ka hisoblanadi, ayni vaqtda, u mumtoz adabiyot tarixini o’rganish metodikasi, chet el ada-biyotini o’rganish metodika- si, xalq og’zaki ijodini o’rganish me- todikasiga nisbatan umumiy metodika vazifa-sini bajaradi. Xususiy meto- dikalar umumiy didaktikaga tayangan va uning nazariy umumlashmalariga asoslangan holdagina rivojlana oladi. Ayni vaqtda, har bir aniq fanga tatbiq etilgan didaktik qonuniyatlar o’sha o’quv predmetini o’qitish tajribasidagi o’ziga xoslik b-n boyitiladi, umumiy jihatlarni konkretlashtiradi, har bir o’ziga xoslikda o’qitishning universal jihatlarini namoyon etadi. P.ning jismoniy yoki ruhiy rivoj- lanishida nuqsoni bo’lgan bolalar ri- vojlanishining ruhiy-jismoniy xusu- siyatlarini, ularni tarbiyalash, o’qitish va shakllantirishdagi o’ziga xosliklari- ni hisobga olib ish ko’radigan tarmog’i defektologiyapnr. Defektologiya bola- ning qanday jismoniy nuqsonga egali- gi hamda ularga beriladigan ta’lim- tarbiyaning yo’naltirilganligiga qarab tiflopedagogika, surdopedagogika, oli- gofrenopedagogika, logopediya singari tarmoqlarga bo’li-nadi. Jahon yoki mil- liy tarbiya nazariyasi, didaktika fani hamda amaliyo-ti jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida qanday mazmun-Mun- darija, shakl-shamoyil kasb etganligi, qaysi usul va shakllardan foydalanib ish ko’rganligi, qanday natijalarga erishganligi kabi masalalar ped. Tarixi fani tomonidan tadqiq etiladi. 20-a. boshlaridan qiyosiy ped. Fani P.ning alohida tarmog’i sifatida du- nyoga keldi. Unda jahondagi turli xalqlarning pedagogik qarashlari va ta’lim-tarbiya tizimi qiyosiy-genetik yo’sinda bir-biriga solishtirilgan holda o’rganildi. P.ning bu tarmog’i ta’- lim-tarbiya borasidagi eng ilgor usul va yondashuvlarni solishtirish, maqsadga muvofiklarini muayyan milliy peda- gogik fan va amaliyotga tat-biq qilish imkonini beradi. Mamla-katimizda hozircha qiyosiy ped. alohida fan sifa- tida shakllanmagan bo’lsada, bu borada jiddiy izlanishlar amalga oshirilgan. Tarixi. P. inson faoliyatining eng qad. turidir. U odam b-n birga paydo bo’lgan va odamning odamligini, uning oila, jamoa hamda jamiyat bo’lib yasha- shini ta’minlab turgan fan va amali- yotdir. Insoniyat mavjud tajribalar- ni o’rganish va b.ga o’rgatishni yo’lga qo’ya boshlagan vaqtdan, ya’ni P. Paydo bo’lganidan buyon hamda shu tufayligi- na mavjuddir. Dastlab sof amaliy xa- rakterga ega bo’lgan va insoniyat ko’p yillar mobaynida orttirgan hayotiy tajribalarni yoshlarga qisqa muddat- da o’rgatishni ko’zda tutgan. Bu P. udum, odat, an’ana tarzida namoyon bo’lgan. Shu- ning uchun ham oldin xalq pedagogikasi vujudga kelgan. Chunonchi, o’zbek xalq P. siga muvofiq, kichik yoshdagilar kat- talardan oldin taomga qo’l uzatmaydi, ko’rishish uchun oldin katta qo’l cho’zishi lozim, ota b-n masala talashilmay-Di, kattalarga ran qaytarilmaydi va b. Odamzodning hayotiy va aqliy taj- ribasi ortib, turmush kechirish tarzi xil – ma-xillashib, mehnat taqsimoti yuzaga kelib turli fanlar paydo bo’la boshlashi b-n P. ham inson faoliyatining alohida sohasiga aylandi. Ta’lim va tarbiyaga doyr qarashlar tizimi shakllandi. Lekin bular darhol pedagogik nazariy tizim- lar sifatida emas, balki milliy fikr tarbiyaga daxldor qarashlar, aqidalar, hikmatlar tarzida namoyon bo’ldi. Yozuv paydo bo’lishi b-n pedagogik qarashlar yozuvga ko’chiriladigan bo’ldi. Antik davrdagi mu-tafakkirlarning ta’lim- tarbiya borasidagi fiqolari markazida etuk insonni shakllantirishga intilish is-tagi turardi. Shumer, Misr, Xitoy, Hindiston va O’rta Osiyodagi turli ma- daniyma’rifiy obidalar moddiy mada- niyat namunalarigina bo’lib kolmay, o’z davridagi buyuk pedagogik meros hamdir. Qadim zamonlarda paydo bo’lgan pedago- gik qarashlar ko’proq amaliy xususiyatga ega bo’lsada, ke-yinchalik P.ning alohida fan sifatida shakllanishiga ulkan xissa qo’shdi. P. insoniyatning axloq- odobi va ma’naviyatigagina emas, balki akliy rivojiga ham hal qiluvchi ta’sir ko’rsatgani sababli uning taraqqiyot da- rajasi jamiyatning ravnaqiga muvofiq tarzda ro’y berdi. Bir qancha mamla-kat- larning rivojiga ham, boshqalarining esa qolokligiga ham ko’pincha o’sha mam- lakatdagi P.ning holati sabab bo’lgan. Xususan, Sharqxalklari o’z vaq-tida eng qad. va ilg’or pedagogik qarashlar tizi- mini yaratgan bo’lishlariga qaramay, shu tizimni zamona talablariga muvofiq tarzda takomillashtirib bormaganlikla- ri uchun keyinchalik ilm-fan taraqqiyoti jihatidan qoloq holga tushib qoldilar. Aytish kerakki, marksistik falsa- FA barcha ijtimoiy hodisalar kabi P.ni ham o’zi o’ylab topgan ijtimoiy- iqtisodiy qoliplarga muvofiq tarzda izoxlashga urinib keldi. Shundan kelib chiqib. P.ni partiyaviy-sinfiy xususiyat- ga ega deb qaraldi va turli sinflarning P.si bir-biridan jiddiy farq qiladi hamda o’zaro qaramaqarshi bo’ladi, deb izoxladi. Shuning-dek, marksistik yon- dashuvga ko’ra, P. ijtimoiy-iqtisodiy formasiyalarga muvofiq bo’ladi, ya’ni tuzum o’zgarishi b-n tubdan o’zgarib, ol- dingi pedagogik tizim to’liq inkor eti- ladi. Holbuki, fan insoniyat tarixi marksizmda ay-tilgan besh formasiyadan iborat emasligini ko’rsatdi. Binobarin, shunga moslab chiqarilgan xulosalarning sun’iy va noilmiy ekanligi ayon bo’ldi. O’zbek P.si juda qad. tarixga ega bo’lib, uning dastlabki ildizlari Ave- stota, Urxun-Enisey bitiklariga, Se- lungur madaniyatiga borib taqaladi. Ave-stodagi ezgu fikr, ezgu so’z va ezgu amal haqidagi, kishilarga ko’ngil ma’rifa-ti berish borasidagi qarashlar yozma milliy pedagogik qarashlarning dastlabki namunasi bo’lib, etuk insonni shakllantirishga yo’naltirilgan. Mil- liy P.ning taraqqiyotida Islom dini va tasavvuf ta’limoti hal qiluvchi o’rin tutadi. Chunki Qur’oni Karim, Xdtsi- si sharif va tasavvuf ta’limo-tining markazida axloq, komil inson ma’navi- yatini shakllantirish turardi. Komil inson ta’lim-tarbiya yordamida, ya’ni P. vositasida tarkib toptirilishi mumkin edi. Forobiyning Fozil odam- lari, Beruniy, Ibn Sino falsa-fiy qarashlaridan o’rin olgan etuk shaxslar, Yusuf xos Hojib, Ahmad Yugnakiy asar- larida tasvirlangan be-nuqson odamlar, Abduxoliq G’ijduvo-niy, Ahmad Yassa- viy, Bahouddin na-qshband, Alisher na- voiy, Bobur, Mashrab orzulagan komil inson uzbek P.sining markazida turar- Di. 17-a.dan boshlab, milliy P.da ta’- lim-tarbiyaning mohiyatiga emas, balki tashqi jihatlariga e’tibor kuchaydi, turmush talablarini hisobga olmay, hayotiy za-mindan uzilish sodir bo’ddi. Natijada, jamiyat taraqqiyoti susaydi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ham tanazzul- ga yuz tutildi. P.dagi biqiqlik, biryo- klamalik kishilar ruhiyatiga ko’chdi, undan ijtimoiy tartibotlar va siyosiy qurilmalarga o’tdi. Butun bir davlat xonliklarga bo’linib ketdi. Xonliklar- ning har birining ichida bir-biri b-n kelishmovchilik hamda o’zaro janjallar avj oldi. Negaki, jamiyat va unda yashay- digan insonlarning ma’naviy o’rnaklari puxta tayin etilmagan edi. Rossiya bosqini va sho’rolar zamoni- da milliy P. kuchli tanazzul davrini boshdan kechirdi. To’g’ri, ayni shu davr- da u ilmning alohida sohasi sifatida tarkib topdi. Lekin sho’ro davridagi o’zbek P.si to’lig’icha g’arbiy asoslarga qurilgan, begona tamoyillarga tayangan fan bo’ldi. Unda millat ma’naviy taj- ribasi, uning asrlar mobaynida shak- llangan an’analari, ruhiy to’lgamlari hisobga olinmagandi. Shuning uchun ham to’liq dahriylik asosiga qurilgan bego- na P.ko’zlagan nati-jalarga erisha olma- Di. O’zbekistonning mustaqillikka eri- shishi natijasida millim ong bo’g’uvdan, mafkuraviy qolipdan, buyruqqa muvofiq fiqolash zug’umidan qutuldi. Bu hol P.ning sog’lom aql, milliy ru- hiyat va an’analarga Moe tarzda yo’lga qo’yilishiga imkon yaratdi. Bugungi o’zbek P.si millat ruhiyatidagi nozik jihatlarni hisobga olgan va dunyo tar- biyashunosligidagi eng so’nggi yutuqlarga tayangan qolda taraqqiy etmoqda. Zamo- naviy o’zbek P.sida barkamol insonni shakllantirish rasmiy ravishda bosh maqsad qilib belgilangan. Bu P. ta’lim- tarbiya jarayonida ta’lim oluvchi va tar- biyalanuvchilarning faol ishtirok etish- larini ko’zda tutadi. Bolalar, yoshlar pedagogik jarayonning ob’ektigina emas, balki sub’ekti, ya’ni ijrochisi ham ekan- ligiga alohida e’ti-bor qaratilmoqda. Ayni vaqtda, barcha pedagogik tadbirlar ta’lim-tarbiya oluvchilarning mustaqil fiqolashlarini ta’minlash, ularda tar- biyalanish va o’qishga ehtiyoj uyg’otishga yo’naltirilgan xrlda tashkil etilmoqda. Bugungi o’zbek P.si uchun muayyan bilim- lar Yi-g’indisi emas, balki bola shax- si bosh qadriyatga aylangan. Shuning uchun ham milliy P.da faqat bilimli o’quvchilar tayyorlashga emas, balki izla- nuvchan, tashabbuskor shaxsni shakllanti- rishga asosiy e’tibor berilmoqda. Zamonaviy o’zbek P.si rivojida E. Qodirov, S. Dolimov, Q. Axmedov, D. Shodiev, A. Zunnunov, F. Musaev, J. Ikromov, K. Hoshimov, J. Yo’ldo-shev, y. Abdullaev, N. Shodiev, M. Quronov, L. Mo’minova, B. Qodirov sin-Gari olimlar tomonidan olib borilgan i.t. ishlari muqim o’rin tutadi. Ad.: Pedagogika, T., 1996; O’zbek pe- dagogikasi tarixi, T., 1997; Qurbonov Sh., Seytxalilov E., Kadrlartayyorlash milliy dasturi: pedagogik tadqiqotlar yo’nalishi va muammolari, T., 1999; O’zbek pedagogikasi antologiyasi [tuzuv- chilar: K. Hoshimov, S. Ochil], 1-, 2-j.lar, T., 1995, 1999. Qozoqboy Yo’ldoshev.