Paxtasimon g’o’za

Paxtasimon g’o’za (Gossypium gossypioides Ulbr.-Standl.) — yovvoyi g’o’za turi. Genomi D6, xromosomalar soni 2p=26. Meksikada (Oaxaka shtati va Sina- Loa shtatining Jan. qismida) tarqalgan. P.G’. ko’p yillik buta, bo’yi 3 m ga boradi, ayniqsa, yosh novdalari mayda tuklar b-n qoplangan, poyasi to’q qizil tusga kira- Di. O’suv shoxlari kuchli rivojlangan, hosil shoxlari kal-ta. Barglari yirik, 12 sm cha, 3-5 bo’lmali. Bo’lmalari uch- burchak shaklda, o’tkir uchli. Yonbarglari chiziqlinashtarsimon, erta to’kilib keta- Di. Gullari yirik, qo’ng’irsimon, Gulbar- glari oq yoki pushti, asosida to’q qizil katga dog’lari bor. Ko’saklari mayda, 3— 4 chanoqli, tuxumsimon, uchi o’tkir, sir- tida tiniq smola bezchalari mavjud. Har bir chanog’ida 1-2 tadan kulrangyashil tukli (10 mm cha) uzunchoq chigiti bor. P.G’. — qurg’oqchilikka chidamli, fo-todavriy o’zgarishlarga ta’sirchan. Chigiti toshchi- git. Raymond, Meksi-ka va uch bo’lma barg- li g’o’zalar b-n chatishadi. Abdumavlon Abdullaev.