Pedana qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Pedana qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Surxondaryo oblastining Boysun rayonida. Toponimning etimologiyasi haqida turli fikrlar bor. Nomni Qashqadaryo shevalarida mavjud bo’lgan Pidana “yalpiz” so’zi bilan bog’liq bo’lishi mumkin, degan taxmin ham bor. Ba’zilar toponim Bedana so’zi bilan bog’liq bo’lishi kerak, degan fikrini aytadilar. Toponim forscha Pex – “keng, katta” va Dana – “ombor, istehkom, atrofi o’ralgan joy” so’zlaridan yasalgan bo’lib, “katta istehkom, keng ombor” ma’nolarini anglatadi.



