Pegmatitlar

Pegmatitlar (Yun. pegmatos — bog’lanish, aloqa) — otqindi, aksari er-tomir nordon tog’jinslari. P. tar- ki-bidagi ortoklaz va kvarslar o’ziga xos o’sishga ega, agar bu o’simtalar juda ham ingichka bo’lsa ular mikropegmatit deb ataladi. P. pnevmatolit bosqichida qoldiq magmalardan hosil bo’ladi, ular magma t-rasi pasayganda gaz va bug’simon moddalar b-n to’yinadi. «P.»terminini dastlab frantsuz oli-mi R.J. Ayui (1801 y.) hoz. yozma granit, grafikali pegmatit yoki yahudiy toshinn belgilash uchun kirit- gan. Ba’zi P.ning tarkibida ularga xos bo’lgan asosiy minerallardan tashqari, Nodir elementlar minerallari (Li, Rb, Cs, Be, Nb, ta, Zr, Hf, Th, U, Sc va b.) ham bo’ladi. Granitli P. qabul qilingan tas- nifga binoan bir nechta guruhga ajrati- ladi: keramik al i (dala shpatlari olish uchun xom ashyo), mus-kovitli (muskovit xom ashyosi), noyob er elementli (skandiy va b. noyob va qimmatbaho elementlar xom ashyosi), nodir metalli (Li, Zs, Rb, Be, Ta, ba’zan qimmatbaho toshlar olinadi), Billurli (pezokvars, morion, flyuorit, qimmatbaho toshlar). Granitli P. o’ta katta Kris-Talli bo’ladi, mas, kvarsli kristall 40 t (Braziliya), 70 t (Rossiya), berilli kristall 32 t (Mozambik), mu- SKO-vitli kristall 77 t (Hindiston), spodumen kristalli plastinasi uz. 10 m (AQSh) topilgan. Granitli P.dan tashqari, ishqorli granitli P., nefe- linli sienitli P., asosli tog’jinsli P. farq qilinadi.