Pelagial

Pelagial (yunoncha pelagos – dengiz) – okean, dengiz va ko`l suvlarining pelagial organizmlar tarqalgan qismi (qatlami). Pelagial suv haroratining chuqurlik oshgan sari pasayishiga qarab epilimnion, metalimnion va gipolimnion zonalariga bo`linadi. Pelagialning tagida havzalarning suv osti qismi bental joylashadi. Pelagial bilan birga butun havzani tashkil etadi.