Penisillin

Penisillin — kimyoviy tuzi- lishi bir-biriga yaqin tabiiy va yarim sintetik antibiotiklar guruhi. Tib- biyot amaliyotida ilk bor qo’llanilgan, P.ni Penicillium turkumiga mansub zam- burug’lar ishlab chiqaradi. 1928 y.da Amerika bakteriologi A. Fleming zam- burug’larning bakteriyalarga ta’sir etuvchi xossasi borligini tasodifan aniqlagan. Ammo, faqat 1941 y.da A. Fleming, ingliz patologi X.Flori b-n birga mog’or zamburug’ining bulon fil- tratidan P.ni ajratib olib, 1945 y. P. va uning yuqumli kasalliklarni davo- lashda samaradorligini kashf etganlari uchun Nobel mukofo-tiga sazovor bo’ldi. Hoz. tibbiyotda tabiiy va yarim sun’- iy P.lardan foydalaniladi. Tabiiy P.ga benzilpenisillinning natriyli va kaliyli tuzi, bitsilin -1, -3, -5 va fenoksimetilpenisillinlar ki-radi. P. molekulasining asosiy qismini 6-aminopenisillin kislota tash- kil qilib, bu betalaktam va tiazolin halqalaridan tashkil topgan murakkab geterosiklik birikma hisoblanadi. Ta- biiy P.ning ta’sir doirasi tor. Tabiiy P. stafilokokk, streptokokk, pnevmo- kokk, gonokokk, meningokok-klar, gazli gangrena, qoqshol, botulizm, kuydirgi, difteriya, zaxm kabi kasalliklarning qo’zg’atuvchilariga juda faol ta’sir eta- Di. Shuning uchun u pnevmoniya, septik endokardit, jarohatlanish oqibatida kelib chiqqan kasalliklar, saramas, peritonit, tsistit, osteomielit, dif- teriya, skarlatina va b. Kasalliklarda qo’llanadi. Yarim suniy P.ga biologik va kimyo- viy yo’llar b-n olinadigan har xil mod- dalar kiradi. P. kislotasidagi benzil radikali o’rniga har xil boshqa radikal- lar qo’shilishi natijasida yarim sun’- iy P.ning bir qancha avlodlari olindi, bular antibakterial doirasi, penisil- linazaga chidamliligi va b. xususiyatla- ri b-n bir-biridan farq qiladi. Yarim sun’iy P.ning za-harliligi kam, orga- nizmdagi suyukdik va to’qimaga engil so’riladi. P.ning aktibakterial ta’sir me- xa-nizmi, hujayra devori sintezining buzilishi b-n bog’liq bo’lib, bunda Pep- tidoglikam (murein) moddasini sintez qiluvchi reaktsiya to’sib qo’yiladi. Shu sababli P. guruhi dorilari, asosan, o’suvchi bakteriya hujayralariga ta’sir qiladi. Shu b-n birga ma’lum bir bak- teriyalar x,ujayra devorining sintezi buzilsa ham o’z xayot faoliyatini saklab qolib, L – shakldagi mikroorganizmga aylanishi mumkin. P. guruhi antibiotiklarini ko’llashda bakteriyalarni ularga nisba- tan ta’sirchanligi e’tiborga olinadi va shi-fokor maslahatiga ko’ra qo’llanadi. P.ning nojo’ya ta’siriga, asosan, al- lergik reaktsiyalar, parenteral yo’l b-n yuborilgandagi asoratlar (og’riq, AB- stsess, flebit va b.), disbakterioz misol bo’la oladi.