Personalizm

Personalizm (lotincha persona — shaxs) — falsafiy yo’nalish. Unga ko’ra, odam fiqolovchi mavjudot emas, harakat qiluvchi, muayyan mavqeni egallovchi shaxsdir. Personalizm 20-asrning boshlarida Rossiya (N. A. Berdyaev, L. Shestov) va AQSh da (B.P.Boun) vujudga kelgan. Personalizmning markazida shaxs tushunchasi turadi. Xususan, bilish nazariyasida shaxs bilish jarayonining ishtirokchisi sifatida qaraladi. Shu ma’noda Nisshepyap keyin barcha falsafa u yoki bu darajada shaxslashtirilgan. Falsafiy antropologiyani ham Personalizmning namoyon bo’lishi shakli deb hisoblash mumkin. Etikada Personalizm deganda individual qadriyatlarni boshqa axloqiy qadriyatlardan afzal deb hisoblash tushuniladi.