Pert
Pert — Avstraliyaning Janubiy-g’arbiy qismidagi shahar. G’arbiy Avstraliya shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 1,3 million kishi (1999). Suon daryosining Hind okeaniga quyilish joyidagi port (yillik yuk ortib-tushirish 15 mln.t). Temir yo’l stantsiyasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Og’ir va transport mashinasozligi, kimyo, to’qimachilik, oziq- ovqat sanoati korxonalari; universitet bor. Shaharga 1829 yilda asos solingan.
O‘xshash so‘zlar
- Perturbatsiya nima degani
- Pertubatsiya (perflyatsiya) nima degani
- Peru
- Peru g’o’zasi
- Peru oqimi, Gumboldt oqimi
- Perujino
- Peruliklar, peruanlar
- PERUS

