Pert

Pert — Avstraliyaning Janubiy-g’arbiy qismidagi shahar. G’arbiy Avstraliya shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 1,3 million kishi (1999). Suon daryosining Hind okeaniga quyilish joyidagi port (yillik yuk ortib-tushirish 15 mln.t). Temir yo’l stantsiyasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Og’ir va transport mashinasozligi, kimyo, to’qimachilik, oziq- ovqat sanoati korxonalari; universitet bor. Shaharga 1829 yilda asos solingan.