Pigmentasiya
Pigmentasiya (lot. pigmentum — bo’yoq, rang) — odam terisi, ko’z qorachig’i, sochi va junining pigmentlar b-n bo’yalishi. Inson to’qimalarining rangi undagi har xil pigmentlar miqdorita bog’liq. Teri, soch va ko’z qorachig’ining rangi pigment — melanin b-n belgila- nadi. Teri, ko’z qorachig’i va soch tusining har xil bo’lishi bu a’zolardagi melanin- ning miqdori va qanday joylashishiga bog’liq. Ularda melaninning bo’lmasligi albinizm hodisasi-dir. Umr mobay- nida P. bir necha bor o’zgarib turadi. Melanin teriga jigarrang Tue beradi. Rang quyukligidagi farqlar melanin- ning miqdori va joylashishiga bog’liq. Rang darajasidagi farqlarga turar joy sharoitining har xilligi (o’rmon va ochiq joylarda yashash) ham sabab bo’ladi. Tashqi ta’sirlar tu-fayli teri rangi- dagi individual ta-fovutlar qanchalik muhim bo’lmasin, gu-ruhlararo farqlar birinchi o’rinda turadi va terining ran- gi irqiy sistematikada asosiy xususiyat- lardan biri hisoblanadi. Soch tusi qobiq qatlamidagi melanin moddasining mikdori va holati b-n bel- gilanadi. Qobiq qatlam hujayralarida donador pigment qancha ko’p bo’lsa, soch shuncha qora bo’ladi: aralash pigment soch- ga kizil Tue beradi. Ko’z qorachigining sarg’ish yoki qora tusda bo’lishi pigment miqdoriga va uning qanday teranlik- da joylashganiga bog’liq. Pigment- ning old qatlamlarda joylashishi ko’z qorachig’ining sariq yoki och sariq tusda bo’lishini ta’minlaydi. Ko’z qorachig’ida pigment notekis joylashgan bo’lsa, tur- li xil ranglar kelib chiqadi.