Pito naychasi
Pito naychasi — bir maromda turg’un oqayotgan suyuklik (gaz) ning to’la bosimini o’lchaydigan asbob. To’la bosim statik va dinamik bosimlarning yig’indisiga teng. Pito naychasi uchi bukilgan manometrik naychadan iborat: pastki ochiq teshigini suyuqlik (gaz) oqimiga qaratib joylashtiriladi. Agar Pito naychasining oqim tezligiga parallel joylashtirilgan bukilgan qismining yon tomonidan teshik ochilsa, statik bosimni o’lchash mumkin bo’ladi. To’la va statik bosimlar ma’lum bo’lsa, dinamik bosimni va, demak, suyuqlikning oqim tezligini ham aniklash mumkin. Pito naychasi frantsuz olimi A.Pito nomiga qo’yilgan (1732).