«Plankton» so’zi yunoncha bo’lib, «darbadar», «suvda qalqib yuruvchi» degan ma’nolarni anglatadi. Plankton — bu milliardlab jimitday tirik organizmlardan tarkib topgan, suvda suzib yuruvchi tirik massa. Bunday organizmlarning ayrimlari, masalan, zarraday yashil o’simliklar hamisha planktonligicha qoladi. Boshqa jonivorlar, masalan, baliqlar, omarlar (dengiz qisqichbaqalari) embrion rivojlanishi bosqichida planktondan iborat bo’ladi. Ba’zan planktonlar tarkibiga kattaroq meduzalar yoki oddiy mikroskoplarda ko’rib bo’lmaydigan moddalar kirib qoladi. Biroq plankton oqim bilan birga suzishi va oqim bilan birga yashashi mumkin. Planktonning eng kichkina organizmlari bir hujayrali o’simliklar, mikroskopda ko’rinadigan suv o’tlaridir. Mana shunday rang-barang suv o’tlaridan birining nomi diatom yoki kremniy deyiladi. Ikki litr suvda ularning bir millionga yaqinini ko’rishingiz mumkin. Planktonlarning hayot tarzi ancha g’alati. Ulardan birining nomi noksimon kopepoddir (kopepod «eshkakoyoqli chig’anoqcha» degani). Kopepod mitti panjalarini eshkak eshayotganday ildam harakatlantirib, juda chaqqon suzadi. Eng mitti kopepodning uzunligi kamida 13 mm keladi. Turli-tuman yosh mollyuskalar ham planktondan iborat. Ular sho’r suvda yashaydigan krevetkalar, krablar, omarlar va dengiz o’rdaklari (chig’anoqsimonlar turi), shuningdek, chuchuk suvda yashaydigan langustlar va dengiz burgalaridir. Bu mollyuskalarning lichinkalari yoki endi rivojlanayotganlari juda mayda bo’lib, faqat mikroskopda ko’rinadi va rivojlanishining ayni bosqichida mustaqil harakatlana olmaydilar, shu bois ular boshqa planktonlar bilan birga ko’chib yuradi. Boshqa mollyuskalar, masalan, shilliqqurt va midiyalar ham o’zlarini shu tarzda tutadi. Ular rivojlanishining ilk bosqichida planktonlar a’zosi sanaladi. Plankton o’zida hasharotlar tuxumi va ko’pgina baliqlarning lichinkalarini biriktiradi. Toza suvda planktonlar tarkibiga ko’pincha rivojlanayotgan hasharotlar kiradi. Bir kunlik pashshalar, ninachilar, dengiz qo’ngizlari va boshqa turli hasharotlar tuxumlarini suvga qo’yadi. Lichinkalar tuxumdan yorib chiqqanda plankton o’simliklari bilan oziqlanib yashaydi. Bular plankton tarkibiga kiruvchilarning bir qismi, xolos. Ko’ryapsizmi, ular tarkibiga qanchalab hayvon va o’simliklar kiradi, shuning uchun ham ularni o’rganish qiziqarlidir.

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi

Agar organizimingizga bir oy davomida shakar kirmasa nima bo’ladi?
