Plutarxning «Qiyosiy hayotnoma»si nimasi bilan qiziq?
Vaqt san’at asarlarini ayab o’tirmaydi. Bizgacha antik davrdan oz narsa, asosan haykallar yetib kelgan. Adabiy obidalar va ularning mualliflari haqida esa biz zamondoshlarining ular haqidagi hikoyalaridan bilib olamiz, qolganlarining asarlari esa ularning shogirdlari esdaliklarida yoki keyinchalik ko’chirilgan nusxalar va tarjimalarda mavjuddir. Plutarxning nomi (tax. 45 — tax. 127) odatda ulkan qomusiy bilimlar sohibi va madaniyat tarixchisi bo’lgan insonga misol tariqasida qo’llanadi. Uning asarlari orasida ko’pincha «Qiyosiy hayotnoma» nomini olgan tarjimai holi esga olinadi. Bu asar o’z kompozitsiyasi tufayli shunday nom olgan. Istisnoga bormagan Plutarx goh yunon, gohida rimlik qahramon haqida hikoya qiladi. Tanlab olinishida qahramonga muallif tavsifnomasi belgilangan juft-juft tarjimai hollar paydo bo’ldi («Aleksandr va Tsezar», «Demosfen va Tsitseron»). Ba’zan Plutarx maxsus bob — «muqoyasa»ni kiritib, unda qahramonlarning qo’shimcha baholanishini keltiradi va ularga o’z munosabatini bayon hiladi. Bizgacha 46 muvoziy va 4 alohida hayotnoma yetib kelgan, deb hisoblanadi. Bundan tashhari, sakkiz hayotnoma bizgacha yetib kelmagan. Hayotnomalarning tabiati o’z uslubiga ko’ra va o’z uslubiyatiga ko’ra xuddi Plutarx yozgan jami asarlarniki singari favqulodda murakkabdir. Bunda qat’iy ishonchli tarixiy ma’lumotlarni ham, axloqiy tabiatdagi chekinishlarni ham, yorqin zohiriy tavsiflarni ham, falsafiy mulohazalarni ham, va shunchaki turli mavzulardagi qiziqarli hikoyalarni topish mumkin. Shunday bo’lsa-da, tadqiqotchilar «Hayotnoma» ni — insoniyat tarixidagi qaldirg’och badiiy tarjimai hol, deb hisoblashadi. Gap shundaki, Plutarx o’ylab topgan tabiatiga ko’ra har xil qahramonlarni qiyoslash usuli unga ularni shunchaki tavsiflab qo’ya qolmasdan, kitobxon e’tiborini muayyan, shaxs yanada teran, yorqin va esda qoladigan qilib guruhlashtirilgan jihatlarga qaratish imkonini berdi. Darvoqe, Plutarx shu o’rinda qahramonning suvratiga emas, balki uning botiniy dunyosi tahliliga urg’u beradi. Shunday bo’lsa-da, u hali inson shaxsiyati xatti-harakatlari murakkabligini oxirigacha ochib bera olmas, uning u yoki bu vaziyatlar ta’siri ostida qanday shakllanishini ko’rsatib berolmasdi. «Qiyosiy hayotnoma» butun keyingi asrlar davomida zavq olingan kitoblar sirasiga kiradi.