Podzol tuproqlar
Podzol tuproqlar – mo`tadil sovuq iqlim sharoitida igna bargli – aralash o`rmonlar tagida paydo bo`ladigan tuproqlar. Bu yerlarda yog`in buglanishga qaraganda ko`p yoqqanidan oson eriydigan moddalar tuproqning ustki qatlamlaridan yuvilib tushib, quyi qatlamlarida to`planadi. Podzol tuproqning ustki qatlami qo`ngir yoki bo`zg`ish rangda bo`lib, chirindisi kam (1-4%). Bu qatlam tagida mayda kvars qumi donalaridan iborat kul rang (podzol) qatlam yotadi, oziq moddalar bu qatlamdan quyiga tushib ketgan. Tagida o`tlar o`sib yotadigan aralash o`rmonli hududlarda chimli podzol tuproqlar hosil bo`ladi. Bunday tuproqlarning ustki qatlami qoramtir bo`lib, chirindisi ko`proq. Podzol tuproqlar muzlik yotqiziqlaridan paydo bo`lgan, kam unum. Unumdorligini oshirish uchun o`g`it solish, ohaklash va agrotexnikadan to`g`ri foydalanish kerak.