Pol (to’shama, farsh)

Pol (to’shama, farsh) – bino (inshoot) konstruksiyasining elementi bo’lib, u ekpluatatsion yuklarni qabul qiladi. Turar-joy va ma’muriy binolarda bu yuklar xonalardagi odamlardan, uskuna va jihozlardan hosil bo’lsa, sanoat binolarida esa harakatlanayotgan transport vositalarining dinamik ta’siridan, to’plangan xom ashyo va buyumlardan, og’ir predmetlarning balandlikdan tushishi tufayli yuzaga keladigan zarbalardan, yorug’lik energiyasining issiqlik ta’siridan, yuqori haroratga ega bo’lgan buyumlarning kontraktlashishidan, agressiv muhit (sovituvchi suyuqlik, kislotalar va hokazolar)ning ta’siridan hosil bo’ladigan yuklar. Masalan: asfaltbeton to’shama, choksiz to’shama, beton to’shama, chorqirra taxtali to’shama, xarsang toshli to’shama, suv o’zani to’shamasi, suv o’tkazmaydigan to’shama, xomaki to’shama va hokazolar.

Fikr bildirish