POLIARXIK DEMOKRATIYA
POLIARXIK DEMOKRATIYA — 1953-yilda amerikalik olim R.Dal va G.Lindblom tomonidan kiritilgan va quyidagi olti demokratik institutga ega siyosiy tizim: mansabdor shaxslarning saylanishi; erkin, halol, muntazam saylovlar; qarashlarni erkin bayon etish; axborotning muqobil manbalariga ega bo’lishi; ittifoqlar mustaqilligi va umumiy fuqarolik huquqlari.