Polifoniya
Polifoniya (poli… va fon) — ovoz (kuy)larning ifodaviy-badiiy o’zaro tengligiga asoslangan ko’p ovoz- lilik turi. Aksi — gomofoniya. Turli xalqlar musika merosida va kompozitor- lar ijodida asosan 3 ta P. turi ajrati- ladi: kuy va unga jo’r bo’luvchi variant- larning baravar sadolanishiga asoslan- gan yordamchi ovozli P.; ovozdan ovozga o’tadigan bitta kuy (mavzu)ga asoslangan imitasiyalp P.; bir necha mustaqil kuy bir vaqtning o’zida sadolanishiga asos- langan kontrastmavzuli P. Evropa kup ovozli musikasida 9-a.dan ma’lum (or- ganum, diskant, diafoniya, kontrapunkt). Tarixiy rivojida kat’iy (15-16-a.lar, etuk misollari ni-derland maktabi va- killari, Palestri-na va b. ijodida) va erkin (17-a.dan, I.S. Bax, G. F. Gendel va b.) P. davrlari ajratiladi. 20-a. da I. Stravinskiy, D. Shostakovich, P. Xindemit, O. Mes-Sian, B. Britten, V. Lyutoslavskiy va b. ijodida shaklan va usluban boyidi. O’zbekiston kompozi- torlari (g. Mu-shel, T. Qurbonov va b.) P. ga muhim o’rin ajratib, uni o’zbek musiqa merosiga xos bayon va rivojlanuv xususiyatlar b-n uzviy boglashga inti- lishgan. P. o’quv fan i sifatida maxsus musika ta’lim tizimiga kiritilgan. Uz- bek musiqashunoslari 20-a. o’rtalaridan uzbek bastakorlari ijodida P. va mono- diya uyg’unlashuviga asoslangan yangi —polimonodiya uslubini ham ajra- tadilar. Mazkur uslub muayyan sozlar temb-ri, o’zaro farklanuvchi sadolar yo’nalishi, cholg’ular yoki ansambl ovoz- larining o’ziga xosligi b-n belgilana- Di. Dastlab u K. Jabborov, M. Mirzaev va, ayniqsa, F. Sodikrv kabi bastakor- larning cholgu kuylari va ayrim ashula asarlarida shakllangan. Keyinchalik N. Qulabdullaevning «O’ylamang», A. Is- moilovning «uchrashuv», «holim so’rma», «Favvora», «To’yona» kabi asarlarida yor- kin ifodasini topgan. Ad.: Koralskiy A., Polifoniya v tvorchestve kompozitorov Uzbekistana. — Voprosi muzikoznaniya, VIP. 2, T., 1971; Qurbonov T., Polifoniya, T., 1991.