Polimer pyonkalar
Polimer pyonkalar – bir necha mikrometrdan 0.25 mm.gacha qalinlikda bo’ladi. Polimer eritmalarini (polistirol, polietilen, polipropilen, xlorli poliolefin va yopishqoq holatda o’tish paytida nobud bo’lmaydigan boshqa polimerlar) tirqishli yoki halqali teshiklari bo’lgan matritsalar orqali ekstruziya qilish usuli bilan olinadi. Polimer smolalar (polietilen, polivinilxlorid, ftoroplast, bakelit, polistirol, poliamid) asosida olinadigan materiallar bo’lib, ulardan qurilishda suv, gaz va bug’ izolyatsiyalovchi plyonkalar, antikorrozion va dekorativ qoplamalar sifatida foydalaniladi.