POLIVINILXLORID
POLIVINILXLORID (PVX, vestolit, xostalit, vinnol, korvik, solvik, sikron, Jeon, nippeon, Lu- kovil, xelvik, norvik va b.) — VI- nilxloridning chiziqli termoplastik polimeri, —[SN2—SNS1—]p. Oq rang- li plastik, mol. m. (10-150)103; zichli- gi 1350-1450 kg/m3. 100° dan yuqorida parchalanib, HCI ajratib chikaradi; cho’zilishga chidamlilik chegarasi 600 kg/ sm2; egilishga chidamlilik chegarasi 1200 kg/sm2; qattiqligi 9,6 kg/mm2 issiqqa chidamliligi 70°, fiziologik zararsiz. Dixloretan, tsiklogeksanon, xlor – va ni- trobenzolda eriydi, benzol, atsetonda oz eriydi, suv, spirt va uglevodorodlarda erimaydi; nam, kislota, ishkrr, tuzlar eritmasi, sanoat gazlari, benzin, Kero- sin, yog va spirtlar ta’siriga chidamli. Vinil-xlorid SN2=Sns1ning yoruglik, is-siklik va turli inisiatorlar ta’si- rida polimerlanishi natijasida hosil bo’ladi. Polimerlanish zanjirli me- xanizm (q. Ranjir reaktsiyalar) bo’yicha amalga oshiriladi; avtolavkalarda 40— 50° va 4,5 at. bosim ostida suv emulsiya- li usul asosida o’tkaziladi. P.dan 3000 dan ko’proq mahsulot va material ishlab chiqariladi. P.ga 10% plastifikator qo’shilsa, fizik-mexanik xossalari yuqori, -10° gacha muzlash- ga chidamli material (viniplast) hosil bo’ladi. P. tarkibiga 40% gacha plasti- fikator qo’shib, -50% gacha chidamli elastik material (plastikat) olish mum- kin. P. elektrotexnika, engil, oziq- ovqat, og’ir mashinasozlik sanoatlarida, kemasozlikda, tibbiyotda, qurilishda qo’llanadi.