Polka qayerdan kelib chiqqan?
Shubhasiz, ushbu mashhur raqs hammaga tanish. Unga qari ham, yosh ham tushadi va latif, beparvo tabiati tufayli xush tutishadi. Ko’pchilik yanglishgancha quvnoq polkani polyak raqsi deb o’ylaydi, vaholanki, uning kelib chiqishi chexlarga borib taqaladi. «Polka» so’zi «Yarim qadam»ni anglatadi. Raqs asosida — juftliklarning mayda shitobli sakrash bilan doira bo’ylab harakatlanishi turadi. O’zining dikirlama raftorini polka Chex dehqonlari va qishloh xotin-qizlaridan o’zlashtirgandi, u zodagonlarning ballarida o’n to’qqizinchi asrning 30-yillarida paydo bo’la boshladi: dastlab Parijda, shundan so’ng butun dunyoda. Shunday bo’lsa-da, nafis, qaqajon polka nafaqat ballar orqali mashhurdir. Iogann Shtraus, Raxmaninov, Shostakovich singari buyuk kompozitorlar o’z ijodida uning dongiga dong qo’shdilar.