Polsha

Polsha (Polska), Polsha Respu- blikasi (Rzeczpospolita Polska) — Mar- kaziy Evropadagi davlat. Mayd. 312,7 ming km2. Aholisi 38,6 mln. Kishi (2002). Poytaxti — Varshava sh. Ma’mu- riy jihatdan 16 voevoda (wojewodztwo) ra bo’linadi. Davlat tuzumi. P. — respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1997 y. 25 mayda qabul qilingan. Davlat boshlig’i — prezident (1995 y.dan Aleksander Kvasnevski), u P. fuqarolari tomoni- dan umumiy teng va to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li b-n 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (quyi palata — Seym va yuqori palata — Senat), ijrochi hokimiyatni prezident va vazir- lar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati. P. Visla va Odra daryolari havzasida, shim.da Boltiq dengizi va Jan.da Karpat va Sudet tog’lari orali- g’ida joylashgan. Hududining 90% dan ko’prog’i tekislik va paettekislik, Jan.da tog’liklar bor. Dengiz bo’ylari past, qumloq. Qazilma boyliklari — toshko’mir, qo’ng’ir ko’mir, tabiiy gaz va neft, temir, mis, qo’rg’oshin, ol- tingugurt, rux; kaliymagniy tuz konlari bor. Iqlimi mo»tadil, okean iqlimi b-n kontinental iqlim o’rta-sida. Yanv.ning o’rtacha t-rasi —g dan — 6° gacha, iyulni- ki 10-19°. Yillik yog’in 500-1800 mm. Yomg’ir va qordan suv oladigan Odra, Vis- la, bug, Notes va var-ta daryolarida kema katnaydi. P.da 9000 dan ortiq ko’l bor. Eng kattalari: Snyar-DVI (113,8 km2), Mamri (104 km2). P. hududining yarmidan ko’prog’i hay- daladigan erlar, 28% o’rmon. Aksariyat joylarda igna bargli, g’arbi va Jan. da keng bargli daraxtlar usadi. Mamlakat shim. va sharqida yaxlit o’rmon-zorlar (Belaya Veja pushchasining bir qismi va b.) saqlangan. Shim. va shim,-sharkda katta maydonlar vereekzor va torfli erlar b-n band. Tekisliklarda aksa- ri chimli-podzolli tuproqlar, Sharq va shim.-Sharqda botqoqli tuproqlar, tog’ oldi va tog’etaklarida qo’ng’ir o’rmon va qora tuproklar, tog’larda esa, tog’qo’ng’ir, Daryo vodiylarida allyuvial tuproqlar tarqalgan. O’rmonlarda bo’ri, silov- sin, tulki, bo’rsiq, ayiq; tuyoqlilardan to’ng’iz, Los, bug’u yashaydi. Kushlardan karqur, kaklik, tog’larda burgut uchraydi. Dengiz, ko’l va daryolarda baliq ko’p. P.da Tatra, Penin va b. milliy bog’lar bor. Aholisining 98,5% polyaklar; Ukra- inlar, beloruslar, slovaklar ham yashay- Di. Rasmiy til — polyak tili. Dindor- larning ko’pchiligi — katoliklar. Shahar aholisi -62,1%. Yirik shaharlari: Varshava, Lodz, Krakov, Vroslav, Po- znan, Gdansk va b. Tarixi. P. hududida paleolit davri- dayoq odamlar yashagan. Mil. AV. 1-ming yillik va mil. 1-ming yillikning 1yar- mida P. hududida slavyan kabilalarining shakllanish jarayoni sodir bo’ldi. 8-9- a.larda qabila knyazliklari vujudga kel- Di. 10-a.da Odra, Visla va bug daryolari oralig’ida yashovchi polyan (Polsha, polya- klar nomi shundan kelib chiqqan), Mazov- Shan, vislyan, pomoryan qabilalarining knyazliklari birlashtirildi va yagona P. davlati tashkil topdi. Biroq, 12-a.ga ke- lib P. davlati yana knyazliklarga bo’linib ketdi. 13-a. oxirida Knyaz Pshemisl II rah-barligida P. erlarini birlashti- rish uchun kurash boshlandi. 14-15-a. larda yagona P. davlati paydo bo’ldi, madaniyat rivojlandi, polyak tili shak- llandi. 15-a.ning 1yarmida Krakovdagi Yagaylo un-ti (1364 y.da asos solingan) polyak fani markaziga aylandi. 16-a.ning 2yarmidan P. davlati Ukra- in, Belorus va rus erlarini bosib ola boshladi. P. b-n Litvaning birlashu- VI natijasida Rech Pospolita paydo bo’ldi. 1609-12 y.larda P. Rossiyaga hujum qildi. Bir necha asr mobayni- da P. Evropadagi eng qudratli davlat- lardan biri bo’lib turdi. Ammo og’ir urushlar sababli mamlakat inqirozga uch- rab, uch marta (1772, 1793, 1795 y.larda) Prussiya, Avstriya, Rossiya o’rtasida bo’linib ketdi, P. davlati tugatildi, xalqi asoratga tushdi. 1807 y. Napoleon I qo’shinlari Prussiyani engib, Fran- tsiyaga tobe Varshava gersogligini tuzdi. 1814-15 y.larda Vena Kongressida P. yana bo’lindi. Varshava gersogligining katta qismi P. qirolligiga aylantiri- lib, Rossiyaga topshirildi. Prussiya Varshava gersogligining bir qismini oldi, Sileziya va dengiz bo’yini o’zida saklab qoldi. Avstriya (1867 y.dan Avstro-Vengriya)ga Gali- tsiya berildi. Krakov Respublikasi tu- zildi. Polyak xalqi ozodlik uchun ti- nimsiz kurashdi (1794 y. T. Kostyushko boshchiligidagi qo’zg’olon, shuningdek, 1830-31, 1846, 1848, 1863-64 ylardagi qo’zg’olonlar). 19-a. oxiri —20-a. boshla – rida P.da sanoat birmuncha rivojlandi, t.y. qurildi. Ozodlik xarakati yanada kuchaydi. 1-jahon urushida P.ga anchagi- na zarar etdi. Bosqinchi qo’shinlar olib chiqib ketilgach, P.ni bo’lish to’g’risidagi barcha bitimlar bekor qilindi va 1918 y. noyab.da Polsha Respublikasi musta- qilligi e’lon qilindi. 1920 y. apr.da Sovet-Polsha urushi boshlandi. 1921 y. shartnomasiga binoan, G’arbiy Ukra- ina b-n G’arbiy Belorussiya P.gao’tdi va 1939 y.da bu erlar yana SSSRga Kay-tarib olindi. 1939 y. 1 sent.da Germaniya P.ga hujum qilib, 2-jahon urushini boshla- Di. Polyak xalqi ozodlik uchun qattiq ku- rash olib bordi. 1945 y. mayda barcha po- Lyak erlari ozod qilindi. 1952 y.dan 1989 i.gacha mamlakat P. Xalq Respublikasi deb ataldi. 80-y.lar boshida mamlakatda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy tanglik ro’y berdi. 1981 y.dek. da xdrbiy holat joriy etildi. 1989 y.da «birdamlik» kasaba uyushma birlashmasi vakillari hokimiyat te-pasiga chikdi va davlatning nomi P. Respublikasi deb atala boshladi. 1997 y. 25 mayda o’tkazilgan referendumda mamlakatning yangi Konstitusiyasi qabul qilindi. P. — 1945 y.dan BMT a’zosi. 1991 y. dek.da O’zR suverenitetini tan olgan va 1992 y. martda diplomatiya mu- nosabatlari o’rnatgan. Milliy bayram- lari -3 may — 1791 y.gi Konstitusiya kuni va 11 noyab. — Mustaqillik kuni (1918). Asosiy siyosiy partiyalari, birlash- malari va kasaba uyushmalari. Demokrat k partiya, 1939 y. asos solingan; kon- servativ xalq partiyasi, 1997 y. tuzil- gan; mustaqil P. konfederasiyasi par- tiyasi, 1979 y. tashkil etilgan; polyak dehqonlari partiyasi, 1990 y. asos solin- gan; polyak xristian demok-ratlari keli- shuvi partiyasi, 1999 y. tuzilgan; oraliq kuchlari bitishuvi partiyasi, 1990 y. tashkil etilgan; mehnat Ittifoqi par- tiyasi, 1992 y. asos solingan; P.ni ti- klash haraka-ti, 1995 y. tuzilgan; De- mokratik so’l kuchlar Ittifoqi, 1991 y. saylovoldi birlashmasi sifatida tash- kil etilgan; Ozodlik Ittifoqi tashki- loti, 1994 y.da tuzilgan. Umumpolsha kasaba uyushmalari bitishuvi, 1984 y. asos solingan; yakkahol dehqonlarning «Birdamlik» kasaba uyushmasi, 1981 y. tuzilgan; «birdamlik» kasaba uyushmasi, 1980 y. tashkil etilgan; «birdamlik-80» kasaba uyushmasi, 1990 y. «Birdamlik» kasaba uyushmasidan ajralib chiqqan va o’zini 1980-81 y.lardagi kasaba uyushma harakatining birdan-bir davomchisi deb hisoblaydi. Xo’jaligi. P. — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sano- atning ulushi 5,1%, qishloq va o’rmon xo’jaligining ulushi 26,6%, xizmat ko’rsatish sohasining ulushi 68,3%. Sanoati. P. toshko’mir, oltingu-gurt, tabiiy gaz, kumush qazib olishda, po’lat eritishda Evropada oldingi o’rinlardan birida turadi. Kumir mamlakat yoqilg’i- energetika balansining asosini tash- kil etadi. Toshko’mir Yuqori Sile- ziya, shuningdek, Valbshix va Lyublin havzalarida, qo’ng’ir ko’mir Bogatinda qazib chiqariladi. Elektr styalari, aso- san, kumir konlari atrofida qurilgan. Issiklik elektr styalarida yiliga o’rtacha 135,3 mlrd. kVtsoat elektr ener- giya hosil qilinadi. Mis, qo’rg’oshin-rux rudalari, ozroq mikdorda neft ham qazib olinadi. Mamlakat ehtiyojlari uchun zarur neftning 90% dan ko’prog’i chet ellar- dan sotib olinadi. Neftni qayta ish- lash sanoatining asosiy markazlari — Plosk va Gdansk. Chetdan keltiri- ladigan temir ruda va mahalliy koks asosida ishlovchi metallurgiya z-dlari (shu jumladan, Krakovdagi metallurgiya k-ti va mashhur «Katovise» k-ti) yuqori Sileziya aglomerasiyasida joylashgan. Rangli metallurgiya sanoati tarkibida mis (Gloguv, Legnisa), qo’rg’oshin, rux (Katovise, Bukovno, Myastechko-Slyonske) va alyuminiy (konin) z-dlari bor. Sa- noatning asosiy tarmoqlari bo’lmish mashinasozlik va metall ishlash sanoati xilma-xil mah-sulot ishlab chiqaradi. Kemasozlik (Gdansk, Gdinya, Shchesin), samo-lyotsozlik (Varshava, Melen, Svid- Vin), vagon va lokomotivsozlik (Svid- Nisa, Zelena Gura, Vroslav, Poznan, Xshanuv), avtomobilsozlik (Varshava, Staraxovise, Elch, Lyublin, Nisa), traktorsozlik (Varshava) rivojlangan. Shaxta va metallurgiya z-dlari uchun tex- nologiya asbob-uskunalari, quyuv, kimyo, oziq-ovqat, yog’ochsozlik, bino-korlik ma- teriallari korxonalari uchun komplekt asbob-uskunalar, shuningdek, stanoklar, kema dvigatellari, elektr motorlar, ko’tarma-trans-port vositalari, ro’zg’or mashinalari va apparatlar, elektron asboblar va b. ham ishlab chiqariladi. Kimyo sanoatida oltingugurt kislotasi, mineral o’g’it, soda, xlor, plastmassa, sintetik tola, kauchuk i.ch. korxonalari bor. Asosiy markazlari — Tarnuv, OS- ventsim, Plosk, Bidgoshch. Farmasevtika, fotokimyo, parfyumeriya (Varshava, Lodz, Krakov), rezina, tsement, shisha, chinni- fayans, yog’ochsozlik, tsellyuloza-qogoz, ko’n-poyabzal, tikuvchilik sanoati mav- jud. To’qimachilik (ip, zig’ir, jun gazla- ma, trikotaj), oziq-ovqat (qand-shakar, spirt-araq, go’sht, yog’, baliq, tamaki) sano- at tarmoklari rivojlangan. O’rmonlarda yog’och tayyorlanadi. Kishloq xo’jaligi. Mamlakat maydo- nining 61% q.x.ga yarokli erlar. May- da xususiy dehqonchilik xo’jaliklari ustun. Davlat xo’jaliklari, shir-katlar va q.x. to’garaklari ham bor. Eng muhim q.x. ekinlari: javdar, bug’doy, arpa, suli, kartoshka, qand lavlagi va b. Sabza- vot, tamaki, em-xashak, re-zavor mevalar ham etishtiriladi. Chorvachilik salmog’i katta. Koramol, cho’chqa, qo’y, ot, parranda boqiladi. Transport ning asosini temir yo’llar tashkil etadi. T.y. uzunligi — 24 ming km, avtomobil yo’llari uz. 372,5 ming km. Dare kemachiligi rivojlangan. Aso- siy dengiz portlari — Gdansk, Gdinya, Shchesin. Dengiz savdo flotining ton- Naji — 4,5 mln. tonna dedveyt. Asosiy xalqaro aeroporti — Okentse (Varshava yaqinida). Tashqi iqtisodiy aloqala-r i . P. chet ellarga mashinalar, sanoat asbob- uskunalari, kemalar, kimyo sanoati mahsulotlari, keng iste’mol mollari, kumir, koks, mis, rux, kora metallar prokati va b. chiqaradi. Chetdan xom ashyo, yoqilg’i, don, q.x. mahsulotlari va b. ola- Di. Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Ros- siya, AQSh b-n savdo qiladi. Tibbiy xizmati. Davlatga qarashli kasalxonalar b-n bir qatorda xususiy shifoxonalar xam aholiga tibbiy xizmat ko’rsatadi. Vrachlar 10 tibbiyot akademiya- sida tayyorlanadi. Kurortlar orasida eng mashhurlari: Krinisa, Polyanisa-Zdruy, Sopot, Kolobjeg, Zakopane. Maorifi, madaniyma’rifiy va il- miy muassasalari. Maorifi 15 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun majburiy, barcha pog’onalari davlat ta’minotida. Hunar- texnika maktabi boshlang’ich (1— 3-sin- Flar) va muntazam (4-10-sinflar) ta’- limni o’z ichiga oladi. Ixtisoslashgan liseylar ham bor. Xususiy maktablar tarmog’i kengaymoqda. P. da 130 oliy o’quv yurti faoliyat ko’rsatadi. Evropa- dagi eng qad. un-tlardan biri Krakov un-ti (1364), shuningdek, Varshava un-ti (1816), politexnika in-tlari, oliy q.x., iqtisodiyot, ped. maktablari, tibbiyot va rassomchilik akademiyalari shu jumlaga kiradi. Mamlakatdagi ilmiy faoliyatni Polsha FA b-n birga fan vazirligi muvofiklashtirib boradi. I.t.lar fan- lar akademiyasining ilmiy-tadqiqot in-tlarida, oliy o’quv yurtlarida, ido- raviy ilmiy muassasalarda olib bori- ladi. P.da Banax nomidagi xalq-aro mat. markazi (Varshavada) va Xalq-aro’ kuchli magnit maydonlari va past t-ralarlab. (Vroslavda) ishlaydi. Yi-rik kutubxona- lari: Krakov un-ti ku-tubxonasi (1364), Varshavadagi milliy kutubxona (1928), Varshava un-ti ku-tubxonasi (1817), Po- znan un-ti ku-tubxonasi (1902), shuning- dek, P. fanlar akademiyasining Varshava, Gdansk, Krakovdagi kutubxonalari. Eng yirik muzeylari: Varshavadagi milliy muzey (1863), Krakovdagi milliy muzey (1879), Poznandagi milliy muzey (1857), Varshavadagi F. Shopen va A. Miskevich muzeylari. Matbuoti, radioeshittirishi va tele- ko’rsatuvi. P. poytaxti va voevodalarida ko’pgina gaz. va jur.lar nashr etiladi. Eng muhimlari: «gazeta viborcha» («say- lovchilar gazetasi», kundalik mu-staqil gaz., 1989 y.dan), «tribuna» («minbar», kundalik gaz., 1948 y. «Tribuna lyudu» nomi b-n asos solingan, 1990 y.dan xoz. nomda chiqadi), «gazeta Krakovska» («kra- kov gazetasi», kundalik gaz., 1949 y.dan), «Gazeta Lyubuska» («Lyubuska gazetasi», kundalik gaz., 1952 y.dan) «gazeta samo- jondova» («o’zini o’zi boshqarish», kun- dalik gaz., 1990 y.dan), «Gromadarolnik polski» («polyak deqqoni minbari», haftasiga 3 marta chikadigan gaz., 1947 y.dan), «Ednost» («birlik» haftanoma, 1989 y.dan), «Jiche Varshavi» («Varshava hayoti», kundalik gaz., 1944 y.dan), «Rech Pospolita» («Respublika», kundalik gaz., 1981 y.dan), «Jiche gospo-darche» («Iqtisodiy hayot», haftalik iqtisodiy jur., 1945 y.dan), «Nova respublika» («Yangi respublika», oylikjur., 1987 y.dan). P. matbuot agentligi, davlat Maxkamasi, 1918 y. tuzilgan; P. axborot agentligi, aktsiyadorlik korxonasi, 1991 y. tashkil etilgan. P. radio va televide- Nie qo’mitasi davlat Mahkamasi bo’lib, 1944 y. tuzilgan, ra-dioeshittirish va teleko’rsatuvlarga rahbarlik qiladi. Teleko’rsatuvlar 1952 y.dan olib bori- ladi. Adabiyoti. P. adabiyoti 10-a.dalotin tilida vujudga keldi. 16-a.gacha unda Di- niy ruhdagi kitoblar, shuningdek, yil- noma va voqeiy hikoyalar ustun bo’lgan. Polyak tilidagi ilk asarlar ham diniy mazmunda edi («Bibi Maryam» qo’shig’i, 13-a.). 15-a.da dunyoviy ruhdagi asarlar yaratila boshladi («yalqov dehqonlar hajvi»). 15-a. oxiri — 16-a. boshlari- da Uyg’onish davri boshlandi. M. Rey, Ya. Koxanovskiy, Sh. Shimono-VICh, S Klyono- VICh asarlari adolat va vatanparvarlik g’oyalarini tarannum etdi. 16-17-a.larda hajviy Doston va qissalar, nasihatomuz ko’shiq va dramalar, qisqa hazil she’rlar («frashka»lar) mashhur bo’ldi. Ma’ri- fatparvarlik davri (18-a. o’rtalari)da milliy mustaqillik uchun kurash, ilg’or ijtimoiy-falsafiy g’oyalar tarqaldi, adabiy-badiiy jur.lar nashr etila boshladi. 19-a. boshlarida A. Miske- VICh milliy-ozodlik kurashi ta’sirida inqilobiy romantizmga asos soldi, de- mokratik P. haqidagi orzularini Kuyla- Di. 1863 y.dan keyin adabiyotda realism yuzaga keldi (A. Asnik, M. Konop-‘ nis- Kaya, E. Ojeshko, B. Prus ijodiyoti). 19-a. oxiri —20-a. boshlarida realizm b-n bir katorda modernistik okimlar hukmron bo’ldi (L. Staff, S. Jeromskiy). 1va 2-jahon urushlari o’rtasidagi davr ada- bietida ijtimoiy ziddiyatlar tanqidiy yoritildi. Urushdan ke-yingi adabiy asarlarda okkupasiya yillarida yashirin kurash olib borgan vatanparvarlarning qiyofasi har tomonlama ochib berildi. Ammo sosiali-stik realizm degan soxta adabiy qoliplar zo’rlab tiqishtirilishi oqibatida polyak adabietida xalq hayoti va qahramonlarning ishlari, xulq atvori bir yoklama yoritilishiga olib bordi. Polyak yozuvchilarining ayrim asarla- ri, jumladan, A. Miskevich, Yu. Tuvim she’rlari, V. Vasilevskaya romanlari uz- bek tilida nashr etilgan. Me’morligi. Mil. AV. 4-3-a.lar- ga oid Biskupin jamoa manzilgoxla- rida yogochdan yasalgan inshootlar P. qududidagi eng qad. yodgorliklardir. Xristi-anlik qabul etilgach (966), diniy tosh me’morligi rivojlandi (Krakov- ning Vavel tepaligidagi Bibi Maryam ka-pellarotondasi, 10-a.ning 2yarmi). 11 -a. ning 2yarmidan roman uslubida haykallar b-n bezatilgan mahobatli bi- nolar qurildi (Krakov va tumadagi AV- liyo Anjey kostyollari, 1090, 1141-61 y.lar; Vroslavdagi Mariya Magdalina kostyoli, 12-a. vab.). 13-15-a.larda go- tika tarqaldi, shaharlar qad ko’tardi, ularning markazlarida me’moriy maj- mualar (bozor maydonlari) vujudga kel- Di, yangi turdagi imoratlar (minorali ratushalar, movut ras-talari), mudofaa istehkomlari va sh. k. paydo bo’ldi. Ular orasida Torundagi ratusha (13-17-a. lar) va avliyo Yan kostyoli, Vroslavdagi ratusha (13-a. 2yarmi —16-a. boshlari) va Ioann Krestitel kostyoli (13-18-a.lar), Gdanskdagi «Artus hovlisi» (14-a.) va b.larni ko’rsatish mumkin. Uyg’onish davrida ravoklar b-n o’ralgan hovlili saroylarning yangi turi yaratil-Di (kra- kovning Vavel tepaligidagi, Baranuv, Miruvdagi qasr saroylar). 16-a. oxiri- dan 18-a. 1yarmigachaP. me’morligida ba- Rokko US-lubi ustun bo’ldi (Krakovdagi Petr va Pavel kostyoli, Varshavadagi VI- lyanuv qirol chorbog’i va b.). Xalq yog’och me’morligi rivojlandi. 18-a. 2yarmidan klassisizm urf bo’ldi; shaharlarda mahobatli jamoat binolari va majmualari barpo etildi (Varshava- dagi Belveder saroyi, 1818-22, me’- mor ya. Kubiskiy; Lazenka saroylar maj- muasi, 1784-95, me’mor D. Merlini, Ya. Kamzetser va b.; Katta teatr, 1820-32, me’mor A. Korassi, X. P. Aygner). 19- a. 2yarmidan eklektizm, keyinroq kon- struktivizm ustunlik qildi, 2-jahon urushi yillarida (1939-45) fashistlar P.ning shahar va qishloqlarini vayron etib, ko’pgina me’moriy yodgorliklarini g’orat qil-dilar. Urushdan keyin ular- ni qayta tiklash va yangilarini barpo etish sohasida ko’p ish qilindi. «Kra- koviya» mehmonxonasi, Varshavadagi «o’n yillik» stadioni, «Supersam» savdo Mar-kazi, uy-joy dahalari, Poznandagi «Univermag», «Merkuriy» mehmonxo- nasi shu jumlaga kiradi. Tasviriy san’ati. P. hududidagi aholi neolit davridayoq naqshinkor so- Pol idishlar yasagan. Jez va temir dav- rlarida sopol va jez idishlar, parranda va xayvon rasmi tushirilgan ikki g’il- dirakli aravalar ishlangan. 11 — 13-a. larda roman uslubi hukmron bo’ldi (Gneznodagi Bibi Mariya kostyolining bronza eshiklari, taxm. 1170 y., Stshel- nodagi kostyolning o’ymakor ravokdari, 12-a., Tumadagi kostyol naqshlari, taxm. 1161 y., «Emmeran ko-deksi» miniatyura- lari, 1099 y. va b.). 13-a. oxiridan 15-a. boshlarigacha san’atda gotika urf bo’ldi (Krakovdagi Vavel soborida V. Yagel- lo daxmasi, 1421 y., «Gnezno Bibliyasi» miniatyuralari, 1414 y.). 15-a. oxiri — 16-a.da polyak Uyg’onish davri san’ati shakllana boshladi, 16-a. oxiridan 18-a. o’rtalarigacha barokko yoyildi. 18-a. 2yarmi — 19-a. boshlari P. san’ati ma’rifat- parvarlik ruhi b-n sug’orilgan edi. Gar- chi ayrim mo’yqalam ustalari (M. Bachcha- relli) saroybop rasmlarni klassisizm uslubida yaratsalar ham, ko’pchilik ras- somlar hayotni haqqoniy tasvirlashga (B. Bellotto, J. P. Norblin, A. Orlovskiy), polyak xalqining milliy ozodlik kura- shini ifodalashga (A. Grotger) intil- dilar. A. Kotsis, V. Gerson asarlarida tanqidiy realizm nishonalari seziladi. 19-a.da A. va M. Gerimskiylar ijodida bu yo’nalish yuqori pog’onaga ko’tarildi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida L. VI- chulkovskiy, ya. Stanislavskiy, Yu. Falat asarlari impressionizm, S. Vispyan- skiy, ya. Malchevskiy asarlari Simvo- lizm ru-hida yaratildi. 1918 y.dan keyin polyak san’ati ziddiyatli rivojlandi. Ayrim rassomlar G’arbiy Evropa mada- niyati yutuqlariga ergashsa, boshqalari zamo-naviy milliy uslubni yaratishga in-tildi. Tanik^i polyak haykaltaroshi K. Dunikovskiy o’z faoliyatini shu davr- da boshladi. 2-jahon urushidan key- in tasviriy san’atda rassomlardan V. Veys, F. Kovarskiy, X. Kraevskaya va yu. Kraevskiy, haykaltarosh S. Gorno-Po- plavskiy, grafiklardan T. Kulise-VICh, T. Trepkovskiy va b. mashhur bo’ldi. Mahobatli haykaltaroshlik rivoj top- Di. Amaliy bezak san’atining har xil turlari qadimdan keng tarqalgan, badi- iy hunarmandchilik avj olgan. Musiqasida boshqa slavyan xalqlari musiqa madaniyati b-n umumiylik ko’p. 20-a.gacha saqlangan xalq cholg’u asboblari shaqildoq, buben, hushtaklar jo’rligida marosim qo’shiqlar (asosan, bir ovozli), raqslar ijro etilgan. Skripka, mazanka kabi torli, ligav- ka, bazun kabi puflab chalinadigan so- zlar keng tarqalgan. 9-10-a.dan Kato- lisizm tarqalishi b-n birga grigo-Rian xoralk keng o’rin tutadi. 11 — 12-a.larda cherkov ashulachilik maktablari ochilib, ularning talaba- lari cherkov musiqasini turli joy- lardagi xalqmusiqasi b-n boyitdilar. 12-a.dan dunyoviy professional musiqa (jumladan, risarlar qo’shiqchiligi) ri- voj topdi, saroy kapellalari tashkil etildi. 16-a.dan un-tlarda musiqa naza- riyasi o’rgatila boshladi. 16-17-a.larda etishib chiqqan kompozitorlar milliy kuylarni G’arbiy Evropa raqs va musiqa janrlari b-n uyg’unlashti-ruvchi asar- lar yarata boshladi. 1765 y. Varshavada ochilgan «Xalq teatri»da milliy opera- lar sahnalashtirildi. K. Kurpinskiy, M. Kamenskiy, M. Oginskiy, Yu. El- sner va b. milliy musiqa rivojiga katta hissa qo’shdilar. 19-a.da bukj kompozi- torlar F. Shopen, S. Monyushko, virtuoz- skripkachi aka-uka Venyavskiylar polyak musiqasini jahon musikasi darajasiga ko’tarishdi. 1901 y.da Varshava milliy filarmo-niyasi ochiddi. 20-a. musiqa madaniyatiga K. Shimanovskiy, V. Lyu- toslavskiy, K. Pendereskiy kabi kom- pozitorlar katta hissa qo’shdilar. P.da 21 simfonik orkestr, 10 opera teatri, 9 operetta teatri, 9 balet truppasi, 7 oliy mu-siqa maktabi,4 xoreografiya bi- lim yurti bor. 1927 y.dan xalqaro Shopen nomidagi pianinochilar ganlovi, 1935 y.dan Venyavskiy nomidagi skripkachilar tanlovi hamda zamonaviy musiqa Festi- Vali va b. o’tkaziladi. Teatri. Xristianlikdan avvalgi davr xalq marosimlari va o’yinlarida teatr san’ati nishonalari bo’lgan. 13— 16-a. larda turg’un va sayyor xalq tomo-SHAXONA- lari qurilgan, diniy dramalar rivoj- langan. 13-a.ning 2yarmida ko’rsa-tilgan teatr tomoshalarining ayrim stsenariy- lari saqpangan. 1633 y. Var-shavadagi qirol saroyida birinchi do-imiy teatr ishga tushdi. 18-a. oxirida ilg’or mil- liy teatr san’ati uchun ku-rashga rej., artist, dramaturg V. Bu-guslavskiy bosh- chilik qildi. 19-a. 60-y.lari oxiridan Krakov teatri mamlakatnin g etakch i teatri ga aylandi .1913 y. Varshavada «Polyak teatri» tashkil topdi. 20-30- y.larda L. Shiller Varshava, Lvov va b. shaharlardagi teatrlarda ishlab, mahobatli, nazmiy va siyosiy teatrlar- ni uyg’unlashtirishga harakat qildi. 2-jahon urushidan so’ng teatr hayoti ti- klandi, yangi teatrlar barpo etildi. P.da 60 teatr bor. Varshava teatr hayotining Markazidir («Xalq teatri», «polyak teatri», «za- monaviy», «umumiy» teatrlari), kra-. kov, Lodz, Lyublin va b. shaharlardagi teatrlarda jaqon mumtoz dramaturgiyasi va mahalliy mualliflarning asarlari sahnalashtirilgan. P.da tsirk san’ati rivojlangan. Kinosi. Alohida badiiy filmlar 1908 y.da chiqarila boshlagan. Dastlab- ki filmlardan biri — «Antek var- shavaga ilk bor qadam ranjida qildi» hazil filmida mashhur hajvchi artist A. Fertner bosh rolni o’ynagan. 1909— 10 y.larda kinofirmalar tashkil etil- Di. Ularning eng nufuzlisi «Sfinks» kompaniyasi muntazam filmlar chiqara boshladi. 1914 y. 14 film suratga olin- Di. 1910-18 y.larda milliy adabiyot asarlari: «gunoh tarixi» (rej. A. Ben- darchik), «Qiyomat qoyim» (rej. S. Knake- Zavadzkiy), «Meir Ezo-fovich» (rej. Yu. Ostoya-Sulniskiy) ekranlashtirildi. «Start» kino uyushmasi (1930) va «kino- mualliflar ko-operativi» (1937) kino san’ati rivo-jida muhim rol o’ynadi. 2-jahon urushidan keyin «film Pol- skiy» davlat studiyasi tashkil etildi. «Avlod», «kul va olmos» (rej. A. Vay- da). «Xayrlashuv» (rej. V. Xae) fil- mlarida urush oqibatlari tasvirlandi. «Yo’lovchi ayol» (rej. A. Munk), «Jang- dan keyingi man-Zara» (rej. A. Vayda), «sehrli stolchalar» (rej. Ya. Maevskiy), «Er hidi» (rej. D. Yovanovich) filmla- ri polyak ki-nematografiyasida salmokli o’rin oldi. Hujjatli va multiplikasiya kinosi sohasida ham ko’pgina qiziqarli asarlar yaratildi. Varshava, Lodz, VROS- lavda kinostudiyalar, Krakovda mult- filmlar studiyasi bor. Lodzdagi Oliy teatr, kino va televidenie maktabining rej.lik, aktyorlik, operatorlik, televi- Denie f-tlari, ayrim oliy o’quv yurtla- rining maxsus bo’limlari kino xodimla- ri tayyorlaydi. O’zbekiston — P. munosabatlari. Ikki xalq o’rtasidagi aloqalar ko’p yillik tarixga ega. Xususan, 1863-64 y.larda chor Rossiyasiga karshi qo’zg’olon ko’targan polyaklar O’rta Osiyoga sur-gun qilingan edi. Ular Toshkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Qo’qon va b. shaharlarda yashab, mehnat qildilar. 1895 y. Toshkent- da polyak bolalari uchun maktab va ku- tubxona ochildi, yana 2 yildan keyin po- lyaklar jamoatchilik madaniyat markazi tashkil topdi, polyaklar kosteli faoliyat boshladm. Ikkinchi jahon urushi davrida Polshani nemis-fashist qo’shinlaridan ozod qilish uchun bo’lgan janglar- da o’zbek generali S. Rahimov Dantsig (Gdansk) yaqinida halok bo’ldi. Shu urush oqibatida va ommaviy qatag’onlar sabab- li polyaklarning mintaqamizga ikkinchi ko’chishi sodir bo’ldi. O’tgan yillarda polyak va uzbek xalklari vakillari inoq yashab keldilar, quvonchli va qay-g’uli kunlarda elkadosh bo’ldilar. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, polyaklarning «Svetlisa Polska» mada-niyat marka- zi jamoatchilik uyushmasi maqomini oldi, O’zbekistondagi 3 mingga yaqin polyak aholisiga o’z milliy an’analari va madaniyatini rivojlantirish, ikki mamlakatning milliy va davlat bayram- larini ni-shonlash imkoni yaratildi. O’zbekistondagi polyaklar diasporasi, «O’zbekiston — Polsha» assosiasiyasi huzuridagi «Poloniya» sektsiyasi, «svet- Lisa Polska»ning Samarqand, Farg’ona, Buxoro va Toshkent sho»balari faoli- yat yuritayotir. Turli tarixiy sanalar, polshalik mashhur madaniyat va san’- at arboblariga bag’ishlangan uchrashuv, kechalar, kontsertlar uyushtirilayotir. Buyuk kompozitor Frederik Shopenga bag’ishlab Toshkentda o’tkazilgan forte- Piano musiqa festivali, A. Miskevich va V. Reymont kabi mashhur yozuvchi va shoir- larning xotira kechalari o’tkazildi. O’zR b-n P. o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar esa, O’zbekiston mustaqillikka erishishi bnoq yo’lga qo’yildi. 1992 y. Varshavada ikki mamlakat o’rta-sida «Iqtisodiy hamkorlik va savdosotiq to’g’risida» shartnoma tuzildi. O’zR Pre- zidenti I. Karimovning 1995 va 2003 y.larda Polshaga va P. prezidenti A. Kvasnevskining 2002 y. Uzbekistonga tashriflari o’zaro munosabatlarni yangi pog’onaga ko’tardi, turli sohalarda yangi shartnomalar imzolan-Di, o’zbek-polyak hukumatlararo komissiyasi ishlay bosh- ladi. 2001 y. iyun oyida Poznan sav- do yarmarkasida O’zbekistondan nufuzli delegasiya ishtirok etishi va unda mam- lakatimizning iqtisodiy salohiyati taqtsimoti o’tkazilishi o’zaro munosa- batlar rivo-jida muhim bosqich bo’ldi. O’zR Prezidenti I. Karimovning 2003 y. 10-12 iyul kunlari P.ga qilgan rasmiy tashrifi ayniqsa samarali bo’ldi. Tash- rif yakunida ikkita kredit bitimi, boj- xona ishida hamkorlik va o’zaro yordam, xalqaro avtomobil qatnovi to’g’risida bitimlar imzolandi. O’zbekiston mudo- FAA vazirligi b-n P. milliy mu-dofaa vazirligi o’rtasida harbiy-tex-nikaviy xamkorlik to’grisida deklarasiya, jaxrn iqtisodiyoti va diplomatiya un-ti b-n P. xalkaro munosabatlar in-ti o’rtasida qamkorlik memorandumi, «O’zbekturizm» milliy kompaniyasi b-n P. sayyoxlik kom- Pa-niyasi o’rtasida hamkorlik haqida bi- Tim, O’zR tashqi iqtisodiy faoliyat mil- liy banki b-n P.ning «bank gosudarstva kraevego» o’rtasida hamkorlik to’g’risida bitim imzolandi. Tashrif davomida o’zaro tovar aylanmasini yanada oshirish kerakligi ta’kidlandi. Jumladan, 2001 y. bu ko’rsatkich 31,4 mln. AQSh dolla- rini tashkil etdi. O’zR P.ga ip gazlama, kalava ip, paxta tolasi, ro’zg’or paxtasi, noorganik kimyo mahsulotlari, qayta ish- langan sabzavot, meva mahsulotlari, moy- li urug’lar yuboradi, turli xizmatlar ko’rsa-tadi. P. tomoni esa kand-shakar, mexanika asbob-uskunalari, elektr an- jomlari, plastmassa buyumlar, sariyog’ va o’simlik yog’i, qora metallar, poligra- fiya mahsulotlari, mebel, dori-darmon jo’natadi. «O’zolmosoltin» uyushmasi b-n P.ning «Bumar» tashki savdo kompa- niyasi o’rtasida hamkorlik rivojlanib borayotir. O’zR da P. 2 firmasining va- kolatxonasi ochilgan, polyak investor- lari ishtirokidagi 16 korxona faoliyat yuritmoqda.