Pomir tillari

Pomir tillari — hind-Evropa tillari oilasining eroniy tillar guruhiga mansub. G’arbiy va Jan. Pomir vodiylarida (Tojikistonning tog’li ba- daxshon Muxtor viloyatida va Afg’oniston, Pokiston, Shim. Hindistonning unga tutash hududlarida) va Sariko’l tog’tiz- malarida (Xitoyning Sintszyan-Uyg’ur Muxtor viloyatida) tarqalgan. P.t.ga va- Xan, Ishkoshim, yozg’ulom tillari hamda Shug’non, Rushan, xuf, bartong, o’ro’to’r, Sariko’l singari qardosh til va lahjalar kiradi. Hoz. ulik til qisoblangan qad. Vanj va sarg’ulom tillari ham shu tillar guru-hidan hisoblangan. Ayrim belgila- riga ko’ra, munjon va unga yaqin bo’lgan iydgo tillari P.t.ga qo’shilsada, bu ma- sala munozarali bo’lib qolmoqda. P.t.ning tarixiy-genetik tavsifi ularni boshqa Sharqiy eroniy tillardan farklanuvchi oila sifatida o’rganish imkonini bermaydi. Bir qator shunday belgilar turli P.t.ni boshqa Sharqiy eroniy tillar b-n alohidaalohida yaqinlashtiradi. Barcha P.t.ning struk- tur o’xshashligi va katta umumiy lug’aviy fond ularning muayyan til jamoasida o’zaro yaqin, o’xshash rivojlanganligini ko’rsatadi. P.t. yozuvga ega emas. P.t.da so’zlashuvchilarning ko’pchiligi uchun yozuv va ta’lim tili — tojik tili, Sariko’l tilida so’zlashuvchilar uchun esa upg’ur tili hisoblanadi.