Pondisheri, Puttucheri
Pondisheri, Puttucheri -Hindistondagi shahar, Bengaliya qo’ltig’i sohilidagi port. Pondisheri ittifoqdosh hududining ma’muriy markazi. Aholisi 500 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Ip gazlama sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Pondisherini 1674 yilda Fransuzlar qal’a sifatida bunyod etganlar. 1954 yilgacha Frantsiyaning Hindistondagi mustamlaka yerlarining ma’muriy markazi. O’sha yildan Hindiston tarkibida.