Popurri
Popurri (Frans. pop-pourri — har xil narsalar) — biron opera, operetta, balet, kinofilm va b.dagi mashhur, om- maviylashgan kuylar yoki xalq qo’shiqlari, raqs kuylari va h.k.dan tuzilgan cholg’u asar. Odatda, foydalanilgan kuylar de- yarli rivojlantirilmaydi, faqat ketma- ket ijro etishga mo’ljallanadi. «P.» termini dastlab 1711 yili (frantsuz noshiri K.Ballar nashr etgan pesalar to’pla-mida) ishlatilgan. P. 19-a.dan, asosan, puflama sozlar orkestri, estra- da ansambli asari sifatida keng ri- voj topgan. Uzbek kuylari asosida ilk P.larni F.Leysek («Osiyocha Popurri», 1890; «O’zbek qo’shiklaridan Popurri», 1924), keyinchalik yu. Rajabiy, D. Zoki- rov va b. yaratgan.