Porfir (tog’ jinsi)

Porfir (tog’ jinsi) – mayda kristalli massa ichiga joylashgan yirik kristallarga ega bo’lgan tog’ jinsi bo’lib, unda qurilish toshi sifatida foydalaniladi. Porfir kul rang va qizil-qo’ng’ir ranglarda uchraydi. Uning zichligi 2400-2500 kg/m3 ni, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 120-220 MPa.ni tashkil etadi. Porfirni yo’l qurilishi va pardozbop plitalar tayyorlashda qo’llashadi.

Fikr bildirish