Port-Sudan
Port-Sudan – Sudanning shimoliy- Sharqiy qismidagi shahar. Kassala viloyatida. Aholisi 305 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Port-Sudan mamlakatning qizil dengiz bo’yidagi eng kata porti. Chetga paxta, yer yong’oq, chorvachilik mahsulotlari chiqariladi. Metallsozlik, neftni qayta ishlash sanoatlari rivojlangan. Ip gazlama fabrikasi, kema ta’mirlash, paxta tozalash korxonalari, yirik elevator bor. Dengiz suvidan tuz olinadi. Port-Sudanga 1908 yilda asos solingan.