Po`rtana

Po`rtana– dengizda ro`y beradigan kuchli (halokatli) dovul, kuchli girdob shamoli. Yomg`irli qora to`p bulut ostida paydo bo`ladi. Bunda girdob shamoli havonigina emas, dengiz suvini ham ko`tarib ketadi. Po`rtanadagi shamol tezligi sekundiga 100 metrdan oshishi mumkin.