POTENTSIALOSKOP
POTENTSIALOSKOP (potentsial va Yun. skopeo — ko’raman, kuzataman) — elektr signallar tarzidagi axborotni yozib olish, saklash va lyuminessent ekran- da namoyish qilish uchun mo’ljallangan elektron-nurli asbob. Yozib olingan axborot (matn, rasm, chizma va b.) elektr signallari tarzida P.ning kirish elek- trodiga beriladi. Elektr signali yozib oluvchi elektron nurni modulyasiyalaydi (o’zgartiradi). Shu elektron nur nishon- da siljib, uning dielektrik sirtidagi ikkilamchi elektronlarni urib chikara- Di va unda o’zgaruvchan potentsial hosil q.iladi. Nishonda hosil bo’lgan poten- tsial relf elektronlar dastasini Modu- lyasiyalaydi. Ana shu elektronlar dastasi ekranda tasvir hosil qiladi. Shuning uchun P. ko’rinadigan tasvirli asbob deb ataladi. P. ossillograflar, radioloka- tsion indikatorlar, EHM ning informa- tsiyani chiqarish qurilmalarida bir gal- li va kam takrorlanadigan signallarni kuzatish uchun ham qo’llanadi.