Poydevorlar ankerli

Poydevorlar ankerli – bikir, qoidaga ko’ra, quyma temir-beton svaylar-150 dan 300 mm.gacha diametr va 4 dan 6 metrgacha uzunlikdagi ankerlarga (shu jumladan, taranglashgan armaturalar va kengaytirilgan tovonga) ega bo’lgan poydevorlar, ular sug’uruvchi yuklarni qabul qiladi, plitali poydevor bilan birgalikda bir butun konstruksiyani tashkil etadi. Ankerli poydevorlar sezilarli darajada momentli gorizontal va sug’urib oluvchi yuklar ta’sir qiladigan inshootlarda hamda tor sharoitlarda poydevorlar qurishda qo’llanadi.