Primatlar

Primatlar (Primates) — yuksak sut emizuvchilar turkumi. P. ajdodlari qadimgi hasharotxo’rlar. 200 dan ortiq turi bor, 2 ta kenja turkum: chala may- munlar, haqiqiy maymunlarga bo’linadi. Uz. 13-15 sm dan (sichkrnsimon lemur, 1,75 m gacha va undan uzunroq (Gorilla). Vazni 60 g dan 180 kg va undan ortiqroq. P.ning tuzilishi ular AJ-dodlarining daraxtda yashaganligidan dalolat beradi. Ular, asosan, 5 barmoqli; bosh barmog’i boshqasiga qaramaqarshi qo’yilgan; oldingi oyoklari juda harakatchan. Ko’pchilik P.ning tirnoqlari yassi; kaft va tovoni terisida har bir hayvonning o’ziga xos chiziqlar bo’ladi. Badani har xil rangli Yung b-n qoplangan. Ko’pchilik turlarining dumi bor. Bosh miyasi, eshi- tish va ko’rish organlari yaxshi, hid bi- lish organi kucheiz rivojlangan. Katta yarim sharlar sirtida egatchalar va Push- tachalar bor; bosh miya yarim sharlari po’stloq qismining ensa (ko’rish bo’lagi), peshona va chakka (muskul harakati va ovoz apparatini boshqaradigan markaz- lar) xamda tepa va oldingi assosiativ zo-nalar ayniqsa, yaxshi rivojlangan. Miya hajmining yiriklashuvi va ol- dingi oyoklar funktsiyasining murak- kablashuvi jag’larning qisqarib, bosh qismining yuzga nisbatan kichrayishiga olib kelgan. Asosan, tropik va subtro- pik o’rmonlarda tarqalgan. Gala yoki oila bo’lib hayot kechiradi. P. ancha mu-rakkab xatti-harakatlar, imo-ishora va ovozlar yordamida o’zaro muloqot qiladi. Aso- san, kunduzi hayot kechiradi. Aralash, ko’proq o’simlik b-n oziklanadi. Yil da- vomida ko’payadi, 1-3 tadan bola tug’adi. Bo’g’ozlik davri 4-10 oy. Sut bezlari 1 juft, 20-30 yil umr ko’radi. Yashash sha- roitining o’zgarishi tu-fayli soni tez kamayib bormoqda. 62 turi va kenja tur- lari xalqaro Kizil kitobga kiritilgan.