PRISHTINA

PRISHTINA – Serbiya va Chernogoriyadagi shahar, Kosovo va Metoxiya o’lkasi poytaxti. Aholisi 108 ming kishi (1990- yillar o’rtalari). Qishloq xo’jalik rayonining savdo-sanoat markazi. To’qimachilik, oziqovqat, keramika, mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan: gilam to’qiladi, rangli metallardan turli buyumlar tayyorlanadi. Universitet bor. Prishtina yaqinida qo’ng’ir ko’mir, qo’rg’oshin-rux konlari topilgan. Yirik energetika-kimyo kombinati ishlab turibdi.