Proktit
Proktit (Yun. proktos — yo’g’on ichak, itis — yallig’lanish) — to’g’ri ichak shilliq qavatining yallig’lanishi. Yo’g’on ichakning Qar qanday yallig’lanishi (mas, kolit), to’g’ri ichakdagi turli o’zgarishlar oqibatida kelib chiqadi. P.ga (o’tkir va surunkali) aksariyat jarohatlar (yot jismlar, mexanik ta’sirda; prostate bezini massaj qilishda, tozalovchi yoki davolovchi huqnalar-da), kimyoviy yoki termik kuyish yoki shilliq qavatga achchiq kalampir, spirtli ichimliklar, xom piyoz, sirka va b. ta’sir etishi sabab bo’ladi. Klinik kechishi: tez-tez hojatga bo- rish, tenezm, qorinning pastki qismida og’riq, to’g’ri ichakda noxushlik sezish; bemor dam-badam siyishi ham mumkin. Odatda, kasallik 7-10 kun davom etadi. Kasallik davosi asosiy sababni Barta- raf etish, parqez buyurishdan iborat. Zamonaviy tekshirish usullari (rek- toskopiya, koprologik tekshirish, to’g’ri ichakni barmoq b-n tekshirish) b-n in- fektsion (spesifik, mas, dizenteriya) yoki nospesifik P.ga aniq tashhis qo’yish mumkin. Surunkali P., odatda, davolan- magan yoki noto’g’ri davolangan o’tkir P. asoratidir.