Protektsionizm
Protektsionizm (lot. Protection -panalash, xrmiylik) — davlatning ichki bozorni chet el raqobatidan himoya qilish va tovar ishlab chikaruvchilarning tashqi bozorga chiqishini rag’batlantirishga qaratilgan iqtisodiy siyosati. Evropada kapitalning da-stlabki jamg’arilishi davri (16— 18-a.lar)da paydo bo’ldi va yuzaga kelayotgan sanoatni rivojlan- tirishga yordam ko’rsatdi. O’sha davrda P. import sanoat mahsulotlari uchun yuqori boj va o’z sanoat mahsulotlari uchun eksport mukofotlari belgilashda yaqqol ko’ri-nadi. Ayni paytda tanqis xom ashyo im-porti uchun bojlar bekor qilingan holda, shunday muhim xom ashyo va mah-sulotlar uchun eksport bojlari joriy qilingan. Dastlabki bosqichda P. mamlakatlarni industriyalashti- rishga xizmat qilgan va ijobiy rol o’ynagan. 1va 2 – jahon urushi yillarida va, ay-niqsa, 1929-33 y.lardagi jahon iqtisodiy tangligi davrida P. siyosa- ti kuchaydi. Urushdan keyingi yillarda iqtisodiyotning baynalminallashuvi sharoitlarida rivojlangan mamlakat- larda o’ta P. dan voz kechish va tashqi sav- doni erkinlashtirishga o’tish yuz berdi, lekin jahon iqtisodiyotida P. hamon davlat tomonidan tartibga solishning ta’sirchan quroli bo’lib qolmoqda. Jahonda iqtisodiy integrasiyaning borishi jamoaviy P.ni paydo etdi (Ev- ropa Ittifoqi, OPEK va b.). Rivojlan- gan mamlakatlarda o’z Fer-merlarini ko’llab-quvvatlash va ichki oziq-ovqat bozorini himoya qilishga qaratilgan agrar P. keng qo’llaniladi. Jahon sav- do tashkiloti P. tadbirlarini bir qadar cheklashga qaratilgan siyosat olib boradi. Bu tashkilotga a’zo mamlakat- lar bojxona boji mikdorini import qilinadigan tovarlar qiymatining 10% dan oshirmaslik tarti-biga rioya qilishlari kerak. Jahon xo’jaligida globallashuv jarayonlari milliy bo- zorlarning jahon bozoriga integrasi- yalashuviga olib kelmoqda. Milliy bo- zorlarning erkinlashtirilishi milliy iqtisodiyotning yuksalishini ta’min- laydi va P. siyosatining ahamiyatini pasaytiradi. O’zbeki-stonda ham tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga so- lishda P. siyosati qo’llaniladi. Bu siyosat asosida import o’rnini bosuvchi va eks- portbop mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirish, eksport to’lovlarini kamaytirish, ichki bozorni sifatli to- var b-n ta’minlash, tashqi savdoni mam- lakat iqtisodiyoti manfaatlariga to’la bo’ysundirish strategiyasi turadi. Qodirjon Yusupov.