Proterozoy
Proterozoy (Yun. proteros — ancha erta va Goe — hayot) — tokembriynknt yuqori (arxeydan so’nggi) stratigrafik guruhi (q. Geoxronologiya). Taxm. 640— 560 mln. yil avval 80 mln. yil ichida hosil bo’lgan yotqiziklarni qamrab ol- gan. «P.»terminini amerikalik geology E. Emmons (1888 y.) arxey va kembriy oralig’idagi yotqizikdarni belgilash uchun taklif qilgan. P.ning umumiy qabul qilingan stratigrafik bo’linish sxema- si yo’q. Keyingi yillarda P.ni Strati- grafik bo’limlarga ajratishda tari-xiy geologik jinslarning absolyut yoshini aniqlash va paleontologik me-todlar qo’llanilmoqda. Ayrim mutaxas-sislar P.ni 2, boshqalar 3 yoki 4 bo’limga ajra- tadilar. Rossiyada P. 3 bo’limdan iborat, deb qabul qilingan. Ular stromatolit va mikrofitolitlar gu-ruxlarining tarqalishi b-n farqlanadi. P. yotqiziqlari ayrim r-nlar uchun alohida sxemalar (svita, seriya)ga bo’linadi. P. yotqiziklari turli tartibli va har xil darajada metamorfizm ga uchragan jin- slardan tarkib topgan. Granitlashgan, magmatitlashgan jin-slar ham uchraydi. P. yotqiziqlarining yuqrri qismida or- ganik qoldiqlar — yashil suvo’tlar va bakteriyalarning mahsuloti: stromato- lit va mikrofi-tolit (onkolid, katagra- fiya va b.) uchraydi. Aniq nomlangan va to’la o’rga-nilgan hayvonot qoldiklari P. yotqi-ziqdarining yuqori bo’limi b-n kembriy davri chegaralaridagina uchray- Di. Ular siyrak tarqalgan chuvalchang va meduzasimonlardan iborat. Foydali qazilmalardan P. yotqiziklarida, asosan, temir, marganes, nikel, kobalt, mis, xrom, polimetall, uran, oltin rudalari xamda olmos uchraydi. O’zbekistonda P. yotqiziqlari Hisor, Tomdi, Sulton Uvays va b. tog’larda tarqalgan. Bu jinslarda ko’pgina qazilma boyliklar uchraydi.