Protestantizm

Protestantizm (lot. Protestans norozi bo’lish, kelishmaslik) — xris- tianlikdagi 3 asosiy oqimdan biri (ka- tolisizm va pravoslavie b-n birgalik- da). Reformasiya davri (16-a.)da katoli- tsizmdan ajralib chiqqan. P. asoschilari — M. Lyuter, J. Kalvin, U. Svin-gli. P. cherkov, sektalarni, kalvinchilik, lyuteranlik, anglikan cherkovlari, me- todistlar, baptistlar, adventistlar-ni, shuningdek, ko’pgina mustaqil oqimlarni birlashtiradi. P. ruxrniylarning in- son b-n Xudo o’rtasidagi vositachilik ro- lini inkor etadi. P. da ruxrniylar b-n oddiy dindorlar farklanmaydi. Murak- kab cherkov ierarxiyasi yo’q, toat-ibodat soddalashtirilgan, monaxlar bo’lmaydi, ruhoniylarning oila qurishi man etil- maydi. P., asosan, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Skandinaviya mamlakatlari- da, Niderlandiya, Shveytsariya, Avstra- liya, Kanada, Boltiqbo’yi mamlakatlari (Estoniya, Latviya)da tarqalgan. Prote- stantlarning umumiy soni 750 mln. Ga yaqin.