PROTUBERANS
PROTUBERANS (lot protubero -bo’rtmoq) — Quyosh gardishi yaqinida OS- mon sahnida kuzatiladigan cho’g’langan gaz buluti. Quyosh gardishiga proek-tsiyalan- ganda P. qora tolalar tarzida ko’rinadi. Tola gardish chetida bo’lganda, uning bir qismi osmon sahnida yorug’P.ga aylana- Di. Quyosh to’la tutilgan paytlarda P.ni oddiy ko’z b-n ko’rish mumkin. P.dagi modda zichligi taxm. 1sm3 da 1010 atom, kinetik t-rasi 8000-15000°, mutlaq turbulent tezligi 4 — 10 km/s, magnit maydoni kuchlanganligi 100-200 Gauss. P.ning fizik xususiyati Quyosh xromos- ferasiga o’xshash. P.lar tashqi ko’rinishi va hara-kat tasnifiga ko’ra, sokin, erup- TIV, faol turlarga bo’linadi. P.ning o’rtacha uz. 200 ming km, bal. 50 ming km, qalinligi 5 ming km gacha, ichki qatlamlarining tezligi ~ 10 km/s; 1 — 2 kundan bir necha oygacha mavjud bo’ladigan P.lar sokin P.lardir. Erup- TIV P.lar esa sokin P.lardan birdani- ga paydo bo’lib, ichki qatlamlarining Quyosh sirtidan tashqariga chiqish tez- ligi bir necha km/s ga tenglashadi. Na- tijada eruptiv P.larning rivojlani- shi bir necha minutdan bir necha soatgacha davom etadi. P.larning xossalari hali to’liqaniklanmagan. Lekin P.larning zichligi Quyosh toji zichligidan taxm. 100 marta ko’p, t-rasi esa 20 marta kam. T-raning bunday farqi Quyosh tojidan P. ga proton va ionlarning intensive o’tishiga sabab bo’ladi.