Psixoterapiya

Psixoterapiya (psixo… va te- rapiya) — ruxiy kasal bemorlarni da- volash maqsadida so’z, xushmuomala b-n hamda qulay sharoit yaratish orqali ular ongiga psixik ta’sir etish. Umu-miy va xususiy (yoki maxsus) P. farqlanadi. Umumiy P. bu vrachning bemor b-n bo’lgan muloqotlari jarayoni, bunda turli ru- xiy ta’sirotlar bemor shaxsiga, uning tuzalishiga ishonch hosil qilish, uni tinchlantirishga tibbiy xodimlarning (vrachlar) noto’g’ri hara-katlari tufayli paydo bo’ladigan holatlarni (yatrogeniya) oldini olishga qara-tiladi. Bu barcha da- volash choralari ichida yordamchi tadbir xisoblanadi. Xususiy P.ning tushuntirish, suhbat o’tkazish, ishontirish (bedorlik va Gip- noz holatlarida), o’z-o’zini ishonti- rish (autogen mashq) va b. xillari bor. P.da asosiy qurol so’z hisoblanadi. So’zning qudrati, uning shifobaxsh ta’- siri qadim zamonlardan ma’lum. I. P. Pavlov so’zning oliy nerv faoliya-tida qudratli qo’zg’atuvchi ta’sir eka-nini ilmiy jihatdan asoslab berdi. Gipnoz vaqtida psixoterapevtning so’zi bosh miya po’stloq qismining ma’lum bir erida kuchli qo’zg’alish o’chog’ini vujudga keltiradi va bu turlicha ifodalangan tormozlanish holatiga olib keladi. Be- mor b-n vrach o’rtasida olib boriladi- gan tushuntirish suhba-ti P.ning etakchi usuli bo’lib u to’g’ri olib borilganda har qanday bemor ham tinchlanadi, ham dar- Di engillashadi. Ishontirish usuli eng keng tarqalgan. Muhimi bemorni ishon- tirish, suh-BAT oqilona va mulohaza b-n olib borilishi lozim. Tushunti- rish va ishontirish, odatda, birgalikda olib boriladi. Bunda vrach b-n bemor o’rtasida o’rnatilgan munosabat muhim o’rin tu-tadi. Ta’sir qilish va o’z-o’ziga ta’sir etish P.ning muhim usullaridan xisoblanadi. Bedorlik holatida ta’sir etishdan maqsad u yoki bu kasallik hola- tini bartaraf etishgina emas, balki bemorni bu holatdan tuzalib ketishiga ishontirish va bunda o’z organizmining kuchiga ishonchini mustahkamlashdan iborat. Ayrim psixoterapevtlar ruhiy ta’sir etishni uxlatadigan vositalar (dorilar)dan foydalanib ba-jaradilar. Gipnoz P.ning ko’p qo’lla-nadigan usuli- dir.P. nevrasteniya va b. shunga o’xshash holatlarda, jumladan, jinsiy ojizliqsa (impotentsiya), miyadan ket- maydigan holatlar nevrozida, isteriya nevro-zida, psixopatiyalarda, alkogolizm va narkomaniyalarda keng qo’llanadi. Mirqobil Xalilov.