Punktuasiya

Punktuasiya (lot. punctum — nuq- ta; kichkina dog’) — 1) alifbodan tashqari bo’lgan grafik belgilar {tinish belgila- ri) tizimi bo’lib, grafika va orfografiya (imlo) b-n birgalikda yozma tilning aso- siy vositalarini tashkil etadi. P.ning asosiy vazifasi yozma (bosma) matnni qismlarga ajra-tish, grafik jihatdan shakllantirish-dir; 2) yozma matnni Pun- ktuasion ras-miylashtirishni tartibga soluvchi, har bir til uchun tarixan shak- llangan qoidalar, me’yorlar; 3) P. tizi- mi krnu-niyatlarini, shuningdek, tinish belgilarining qo’llanish me’yorlarini o’rganadigan tilshunoslik bo’limi. Muayyan milliy til grafikasi (yozu- VI) 2 xil vositadan: harflar (alifbo) va tinish belgilari (punktuasiya) tizi- midan iborat. P. tarixi, punktuasion tizimniig paydo bo’lishi, tinish belgi- larining soni turli tillarda turlicha namoyon bo’ladi. Mac, punktuasion tizim hoz. ma’no va ko’rinishda G’arbiy Evropa tillari yozuvlarida 15-16-a.larda, rus yozuvida 18-a. da, uzbek yozuvida esa 19-a. ning 2yar-mida paydo bo’lgan. Yoki ingliz tili punktuasion tizimida apostrof va defis ham tinish belgisi hisoblanib, ularning jami 12 ta bo’lsa, hoz. o’zbek P.si quyidagi 10 ta tinish belgisidan iborat: vergul, ikki nuqta, ko’p nuqta, nuqta, nuqtali vergul, so’roq belgisi, tire, undov belgisi, qavs, qo’shtirnoq. P.ning qo’llanishida ham tillararo ta- fovut bo’lishi mumkin, mas, ispan ti- lida so’roq va undov belgilari gapning boshida va oxirida qo’yiladi. P. tilning sintaktik qurilishi b-n uzviy bog’liq bo’lib, yozma nutqni to’g’ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning US- lubiy ravonligini, tez tushunilishini ta’minlashda muhim vositadir. O’z na- vbatida, muayyan tiddagi P. an’analari- ning mustahkamlanishi va takomilla- shuvida tanikli yozuvchilarning ijo-Di hamda tinish belgilarining qo’llanish kridalarini belgilovchi va tartibga soluvchi tilshunoslar faoliyati katta ahamiyatga ega. Hoz. uzbek P.sining shak- llanishi, rivoji, uning o’rganilishi Fitrat, S. Ibrohimov, H. G’oziev, O. US- mon, G’. Abdurahmonov, K. Nazarov va b. tilshunoslarning nomi b-n bog’liq. Abduvahob Madvaliev, Ne’mat Mahkamov.