Purizm

Purizm — 1910-yillar oxiri — 20- yillarda frantsuz rangtasvirida yuzaga kelgan oqim. Asoschilari A. Ozanfan va me’mor Sh.E. Jannere (Le Korbyuze). Purizm namoyandalari kubizmniig bezak tamoyillari hamda 1920-yillardagi Avangard tarafdorlarining naturani buzib tasvirlashlariga qarshi chiqib, natura shakllarining qat’iy va o’ziga xos tomonlarini hamda buyumlarning ortiqcha unsurlardan xoli, toza bo’lgan tiniq holatini ko’rsatishga harakat qildilar. Purizm vakillari asarlarining xarakterli tomoni buyumlarni yassi holda, ularning tashqi chegaralarini toza va tiniq egiluvchan chiziqlarda tasvirlashda ko’rinadi. O’zbekiston tasviriy san’atida Purizm belgilari ayrim rassomlarning asarlarida ko’zga tashlanadi (masalan, usta Mo’minnint «choyxonachi» asaridagi samovar, qumg’on va boshqalar tasviri, 1928).