Qabila

Qabila-etnik birlik. Qabila a’zolari o’rtasidagi qon-qarindoshlik aloqalarining mavjudligi, urug’ va bog’inlarga bo’linish qabilaning asosiy belgisidir. Shuningdek, qabilaning boshqa belgilari ham mavjud. Bu belgilar uning ma’lum bir hududga ega ekanligidan, qabiladoshlarining iqtisodiy birligi, yagona qabilaviy tili va nomi, qabila kengashi va harbiy boshliqlarning o’z-o’zini boshqarishidan iboratdir.