Qal’a-qo’rg’onlar qaysi maqsddda qurilgan?

Artilleriya hali urush xudosiga aylanmaguniga qadar barcha mamlakatlarda va barcha zamonlarda mudofaa maqsadida qal’alar hurishgan. Qoida tariqasida, ular baland yoxud yalanglik joylarda bunyod etilgan. Shu tariqa qurshab turgan hududni aylanib ko’zdan kechirishga erishilgan. Dushmanni qaytarish maqsadida qal’aga olib boradigan yo’laklar har xil tartibda mustahkamlanar edi. Odat tusini olgan amaliy tadbir — suv to’lgazilgan chuqur handaq, bir necha tashqi devorlar halqasi va baquvvat asosiy devorlar. Masalan, Esnedagi Kosi qal’asi (XIII asr)ning 65 metrli bosh minorasi devorlarining qalinligi 7 metrgacha borar edi. Afsuski, bu qal’a birinchi jahon urushi paytida vayron bo’lgan. Qal’a-qo’rg’onlar, boya aytib o’tganimizdek, hujumlardan himoyalanish uchun xizmat qilar va shuning uchun ularni jihozlash paytida hattoki arzimas darajadagi mo’rtlik va nomukammallikka yo’l qo’yilmasdi. Mahkam tambalanuvchi darvozalar nihoyatda tor yasalardi. Qal’aga o’tiladigan yagona ko’prik ham osma bo’lgan. Xullas, u tashqi dunyodan tamomila ihotalangan inshoot edi. Dandanali devorga ega minoraning yuqorisidan qal’a himoyachilari hujum qiluvchilarning boshiga to’p o’qlari, dumaloq toshlar, qaynoq smola yog’dirar edilar. Qamal uzoq davom etardi. Ammo himoyachilar ham qal’ada uzoq qolishga shay edilar: bu yerda hamisha suv va eguliklar zaxirasi bo’lgan. Afsuski, nishonga aniq oluvchi va tekkizuvchi artilleriya paydo bo’lishi bilan qal’alarning yengilmasligidan asar ham qolmadi. Qal’alar harbiya nuqtai nazaridan eskirib qoldi. Aynan shuning uchun ham keyinchalik paydo bo’lgan qal’alar — o’rta asrlardagi salaflariga mutlaqo o’xshamaydi. Karkasson shahridagi istehkomi bo’lgan losh qal’asi, Venseni, Perfon qo’rg’onlari va boshqa bir talay inshootlar feodal davri me’morchiligining dabdabali yodgorliklari sanaladi.