Qalayi-qo’rg’oshin qotishmasi nima?

Avvalo, qotishma — bu, bir necha metallarni aralashtirib eritish natijasida paydo bo’ladigan metall. Qalayi-qo’rg’oshin qotishmasining asosi qalayidir. U odatda qo’rg’oshin bilan: 1 qism qo’rg’oshin 6 yoki 44 qism qalayi nisbati bilan aralashtirib tayyorlanadi. Buningdek qotishma ming yillar davomida olinmoqda. Lekin uni tayyorlash ishi aniq qachon boshlangan — buni aytish qiyin. Aytishlaricha, bu usul qadimgi xitoyliklarga, misrliklarga va yunonlarga ma’lum ekan. Qadimgi rimliklar ham uni tayyorlashni bilishgan. Odatda, qalayi qo’rg’oshin qotishmasi deyilganda Angliya esga tushadi va bu bejiz emas. Korkoullda a’lo sifatli qalayi zaxirasi bor. Angliya uni qadim zamonlardan beri eritib kelmoqda, Korkouoll qalayisi bunday qotishmani Yevropaning boshqa qismlarida tayyorlash uchun ishlatiladi. Qalayi-qo’rg’oshin qotishmasi asosan quyidagi uch maqsad: cherkov, ro’zg’or va ijtimoiy ehtiyojlar buyumlarini tayyorlash uchun foydalaniladi. Qalayi-qo’rg’oshin qotishmasidan qilingan «prichashenie» marosimibop kosalar Angliyada cherkov xizmati sohasida o’rta asrlardan buyon ishlatilib kelinmoqda. Angliyada bu qotishma likopcha va finjonlar tayyorlashda ham keng qo’llanilib kelingan. Biroq zamonlar o’tib boy-badavlat odamlar kumush idishlardan, o’rta tabaqadagilar esa kumush hali yuritilgan qalayi-qo’rg’oshin idishlardan foydalana boshladilar. Fransiyada esa qalayi-qo’rg’oshin qotishmasi ishlab chiharish sanoati XIV asrdan e’tiboran paydo bo’ldi, xuddi shu davrlarda uni Belgiya, Gollandiya, Shveytsariya, Rossiya va Skandinaviya mamlakatlarida ham quya boshladilar. AQShda ilk mustabidlik davrlarida bunday qotishmani xonadon ehtiyojlari uchun ishlatishgan. Qalayi-qo’rg’oshindan bu yerda qilingan ayrim buyumlar XVIII asrga taalluqlidir, lekin bu qotishmaga ayniqsa 1750 va 1850 yillar o’rtasida zo’r berildi, chunki bu davrga kelib istalgan uy anjomi faqat shu qotishmadan tayyorlana boshlangan edi. Qalayi-qo’rgoshin qotishmasini Xitoyda, Koreyada va Yaponiyada bundan 1000 yillar avval tayyorlashga kirishilgan.