Qarag’anda ko’mir havzasi

Qarag’anda ko’mir havzasi — Qozog’iston Respublikasi Qarag’anda viloyatidagi ko’mir havzasi. Umumiy maydoni 3600 km2, uzunligi 120 kilometr (g’arbdan sharqqa tomon), eni 30-60 kilometr, shundan 2000 km2 maydonda ko’mir qatlamlari mavjud. Qarag’anda ko’mir havzasi Qozog’iston past tog’larida joylashgan. Ko’mir koni 1833 yilda topilgan; Spassk mis eritish zavodi ehtiyojlari uchun 1854 yildan kustar usulida qazib olingan. 1920 yilda geologik qidiruv ishlari boshlanib, birinchi ekspluatatsiya-razvedka shaxtasi qurilgan. Havzadan reja bo’yicha foydalanish 1930 yildan boshlangan. Urush yillari (1941-45) va urushdan keyingi davrda geologiya-qidiruv ishlari jadallashdi. 1954 yilda havzaning geologik-sanoat bahosi hisoblab chiqilgan. 1940-65 yillar mobaynida 64,7 million tonna qo’ng’ir ko’mir qazib olingan; ochiq usulda qazib olinadigan 595 million tonna qo’ng’ir ko’mir razvedka qilingan. 1968 yil havzaning asosiy uchastkalarida qidiruvrazvedka ishlari tugallandi. Qarag’anda ko’mir havzasi geologik jihatdan Qarag’anda sinklinoriysi tarkibiga kiradi va kembriy, ordovik, silur, devon, karbon, yura va kaynozoy tog’ jinslaridan tashkil topgan. Ko’mir qatlamlari karbon va yura yotqiziqlarida joylashgan. Ko’mir qatlamlarining qalinligi G’arb yo’nalishida 1200 metrdan Verxnesokursk sinklinalida 3800 metrgacha bo’ladi. 4500 metrgacha bo’lgan qalin toshko’mir sistemasi (davri)ga mansub ko’mirli qatlam ostida ohaktosh, tuffit, yashil va ko’kkulrang gilli slaneslardan tashkil topgan quyi Vizening terektin qatlami yotadi. Karbon yotqiziqlarida 80 dan ortiq ko’mir qatlami bo’lib, 30 tasi sanoat ahamiyatga ega. Havzadagi ko’mirning asosiy qismi toshko’mir sistemasi cho’kindilaridan tashkil topgan. Ishchi qatlamlarning qalinligi 0,7— 2,5 metr chamasida, ayrim hollarda 7-8 metr. Qatlamlar murakkab tuzilishga ega. Ko’mirlar ochiq gumusli, toshko’mir. Kokslanadigan ko’mirning 1/3 qismi oson boyitiladi. Qolganlari kuli ko’pligi va qiyin boyitilishi sababli energetikada ishlatiladi. Ko’mirning kulliligi 8-25% dan 20— 45% gacha, kam oltingugurtli (oltingugurt miqsori ba’zan 1% dan oshadi), fosfor miqdori 0,01—0,1%. Namligi 3-6%; yonuvchi massaning yonish issiqligi 2,935,6 MJ/kg (170008500 kkal/kg). Metamorfizm darajasiga ko’ra, havza ko’mirlari g, J, kJ, K, K2, OS Mar- kalariga taallukli. Yura davri ko’miri qo’ng’ir ko’mir bo’lib, qatlamlarining qalinligi 5,34 metr. Qo’ng’ir ko’mir tarkibida 13% kul, 1,5% oltingugurt, 27— 56% yonuvchi modda bor; issiqlik quvvati 6944-8500 kkal/kg. Ko’mir 200-600 metr chuqurlikda qazib olinadi. Qarag’anda ko’miri Qarag’anda, Orsk, Magnitogorsk metallurgiya zdlarida, Qozog’iston, O’rta Osiyo, Ural, G’arbiy Sibir sanoatida ishlatiladi. Qarag’anda ko’mir havzasida ko’mirdan tashqari yuqori sifatli yer osti suvlari, olovbardosh loy, qurilish toshlari, gips, qum, ohaktosh va mergellarning ma’lum miqsordagi zaxiralari mavjud. Qarag’anda ko’mir havzasi yirik sanoat rayoni hisoblanadi. Qarag’anda shahridan tashqari, uning hududida sanoat markazlari — Saran, Shaxtinsk, Abay shahrilari joylashgan. U yerda kon mashinasozligi, metallurgiya, kimyo, energetika va sanoatning boshqa tarmoqlari rivojlangan.