Qarqaralar, qo’tonlar

Qarqaralar, qo’tonlar — laylaksimonlar turkumining oilasi. 32 urug’i va 66 turi ma’lum. Qutb hududlaridan boshqa hamma joylarda tarqalgan. O’zbekistonda 5 uruqqa mansub 8 turi uchraydi. Tanasi 28-140 santimetr, qanoti 13,5—47 santimetr, og’irligi 1,25— 2 kilogramm. Bo’yni, oyoqlari va barmog’i uzun, o’rta barmoq tirnog’i tishchali. Tumshug’i to’g’ri, uchli. Patlari ko’kimtir, kulrang, qo’ng’ir, oq, ko’pincha xolli. O’rta mintaqadagi Qarqaralar mavsumiy, tropik va subtropik mamlakatlarda o’troq yashaydi. Suv havzasi qirg’oqlaridagi chakalakzorlarda, o’tloq yoki ochiq erlarda hayot kechiradi. Boshqa qushlar bilan birga koloniya bo’lib, daraxt, butalar shoxiga yoki qamishdan uya yasaydi. Ikkala jins navbat bilan 2428 kun bosadi. Mayda baliq, baqalar, mollyuskalar, hasharotlar, ba’zan kemiruvchilar, qushlar va boshqalar hayvonlar bilan oziqlanadi. Joylarda baliqchilikka birmuncha ziyon etkazadi. O’rta Osiyo hududida oq qo’ton, ko’k qo’ton, jiyron qarqara va boshqalar turlari tarqalgan.