Qarshi namozgohi, ko’k gumbaz
Qarshi namozgohi, ko’k gumbaz — Qarshi shahridagi me’moriy yodgorlik (1590-91). Xonaqoh peshtoqgumbazli (qo’sh gumbazning tashqi gumbazi qulab tushgan), peshtoqning ikki yonida simmetrik 4 tadan joylashgan xonalar balxi gumbazli. Bosh tarzidagi peshtoq koshinlar bilan bezatilgan, kitobalariga Qur’on oyatlari bitilgan; Abdullaxon nomi va sanasi zikr etilgan yozuvlar saqlangan. Bino oldi tomonidan namozxonlar uchun maydon ajratilgan.