Qashqaldoq

Qashqaldoq — turnasimonlar turkumi suvmoshaklar oilasiga mansub qush. Tanasi 40 santimetrcha. Qashqaldoq yaxshi suzadi va sho’ng’iydi. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Afrika va Avstraliyada; Rossiyaning O’rta va Janubiy mintaqalarida tarqalgan. O’rta Osiyo va Qozog’istonda ham uchraydi. Muzlamaydigan suv havzalarida qishlaydi. Uyasini daryo, ko’l va dengiz qirg’oqlaridagi o’simliklar orasiga yasaydi. 6-15 ta tuxum qo’yadi; tuxumni bosishda nari ham qatnashadi. Bolasi tuxumdan 21 — 24 kunda chiqadi. Suv o’simliklari, hasharotlar va boshqalar bilan oziqlanadi. Go’shti mazali. Ovlanadi.